Kontent qismiga oʻtish

Vola

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vola (asl ismi Eshonxoʻja Mirinoyatullo oʻgʻli)) 1770-1842-yillarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashagan oʻzbek shoiri.

Volaning "Suhbatdoshlar tarjimai holidan doʻstlarga tuhfa" tazkirasida keltirilishicha Vola tugʻma koʻzi ojiz boʻlgan. Shunga qaramay u turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. 19-asr Kattaqoʻrgʻon adabiy muhitiga mansub Shavqiy, Nodim, Xiromiylar bilan ijodiy muloqotda boʻlgan. Navoiy, Hofiz sheʼrlariga tazmin, muhammaslar bogʻlagan. Sheʼrlari ijtimoiy, falsafiy va ishqiy mavzuda. Ularda mehnatkash xalq hayoti, turmush mashaqqatlari, oʻz qashshoqligidan norozilik, shu bilan birga ezgu orzular ifoda etilgan. Baʼzi manbalarda sheʼrlaridan 2 ta devon tartib bergani va bayozlar tuzgani haqida maʼlumot keltiriladi, ammo ular hali topilmagan. Turli bayozlarga kirgan 3 ming misradan ortiq sheʼrlari bizgacha yetib kelgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil