Volf-raye yulduzlari
Ushbu sahifani Wolf–Rayet yulduzlariga qayta nomlash taklif etiladi.
Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
Volf-raye yulduzlari - temperaturasi yorituvchanligi juda yuqori boʻlgan yulduzlar sinfi. Boshqa qaynoq yulduzlardan keng polosali nurlanish spektrida vodorod, geliy, kislorod, uglerod, azot mavjud boʻlishi bilan farqlanadi. V.R.yu. fransuz astronomlari V. Volf va J. Raye nomlari bilan bogʻliq. Shu olimlar oʻsha yulduzlarning xususiyatlarini birinchi marta aniqlashgan (1867). Galaktikada taxminan 130 V.-R.yu. maʼlum. Ularning yorituvchanligi Quyosh yorituvchanligidan 4000 marta ortiq, effektiv temperaturasi 50000° dan yuqori. Ularning radiusi 10—15 Quyosh radiusiga teng , massasi 10 Quyosh massasini tashkil qiladi. Koʻpchilik V.-R.yu. yaqin qoʻshaloq yulduzlar hisoblanadi. Odatda, yoʻldoshlari 0 spektr sinfidagi normal qaynoq yulduzlar jumlasiga kiradi. V.-R.yu. spektrlarida nurlanish polosalari kengligi 50—100 A.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |