Kontent qismiga oʻtish

Volga-Kama Bulgʻoriyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Volga-kama bulgʻoriyasidan yoʻnaltirildi)

Volga-kama bulgʻoriyasi – Oʻrta Volga va Quyi Kama havzasida Volga bulgʻorlari, fin-ugor xalqlari va boshqalar barpo etgan davlat (10–14-asrlar). Volga-Kama Bulgʻoriyasi 10-asrning 2-yarmigacha Xazar xoqon-ligta qaram boʻlgan. Lekin 965-yil Kiyev Rusining buyuk knyazi Svyatoslav xazarlarni tor-mor keltirgach, Volga-Kama Bulgʻoriyasi mustaqil davlatga aylangan. Poytaxtlari: Bulgʻor shahri, 12-asrdan Bilar shahri. Arab xalifaligi, Vizantiya, sharkiy slavyanlar va boshqalar bilan savdo-sotiq munosabatlari olib borgan. Kiyev Rusi, keyinchalik Vladimir-Suzdal knyazligi bilan harbiy va savdo sohasida raqobatda boʻlgan. 1241-yilga kelib moʻgʻullar tomonidan bosib olingan. 13-asr 2-yarmida Bulgʻoriya va Jukotin knyazliklari tashkil topgan. 14-asr 90-yillarida Amir Temur tomonidan tormor keltirilgan. 15-asr 30-yillarida Volga-Kama Bulgʻoriyasi yerlarini ruslar bosib olganlar. Shundan soʻng faqat Qozon shahri mustaqil boʻlib qolib keyinchalik u Hozon xonligi markaziga aylangan. Volga-Kama Bulgʻoriyasi Sharqiy Yevropaning oʻrta asr tarixida muhim rol oʻynab, tatar va chuvash xalqlari madaniyatida sezilarli iz qoldirgan[1].

  1. "Volga-Kama Bulgʻoriyasi" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil