Volkan Demirel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Volkan Demirel
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Volkan Demirel
Tavallud sanasi 27-oktyabr 1981-yil (1981-10-27) (42 yosh)
Tavallud joyi Istanbul, Turkiya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2000 Kartalspor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2002 Kartalspor 51 (0)
2002—2019 Fenerbahçe 396 (0)
Milliy terma jamoa
2001 Turkiya U20 5 (0)
2001—2003 Turkiya U21 17 (0)
2004—2014 Turkiya 63 (0)
Boshqargan klublari
2019—2021 Fenerbahçe (Yordamchi)
2021—2022 Fatih Karagümrük
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Volkan Demirel (1981-yil 27-oktyabrda tugʻilgan) — turkiyalik murabbiy, ekspert va sobiq professional futbolchi. U oxirgi marta Turkiyaning „Fotih Karagümruk“ klubini boshqargan. Koʻp yillar davomida u Fenerbahche va Turkiya terma jamoasining asosiy darvozaboni boʻlgan. Demirel 2010-yil 21-sentyabrda Belgiya goʻzali 2009 Zeynep Sever bilan oila qurgan[1][2].

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demirel Istanbulning Fotih shahrida tugʻilgan. U 1999-yilda 18 yoshida „Kartalspor“ safiga kelib qoʻshilgan va keyingi yili asosiy darvozabonga aylangan. Demirel keyingi ikki mavsumda 51 ta oʻyinda maydonga tushib, 2002-yilgi mavsum boshida „Fenerbaxche“ga oʻtgan.

Dastlab Rüştü Rechber va Rejep Bilerga zahira darvozaboni boʻlgan Demirel 2003-yil 26-aprelda klubdagi debyutini oʻtkazgan. Rechberning „Barselona“ga oʻtganidan soʻng, Demirel ligada 19 ta oʻyinda qatnashgan. Shuningdek, u Turkiya kubogining uchta oʻyinida maydonga tushgan va Fenerbahche bilan 2003\04-yilgi mavsumda Superliga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Mavsumdan keyin Demirel yana Superliga chempionligini qoʻlga kiritgan, ammo mavsum boshida Rüştü Rechber klubga qaytganidan soʻng Demirel zaxira oʻrindigʻiga tushib qolgan. Demirel 2005\06-yilgi mavsum boshida asosiy darvozabon boʻlgan, ammo mavsumning yarmida zaxirada oʻtirgan. Demirel keyingi mavsumda 25 liga oʻyinida maydonga tushgan, qolganlarida esa Kulbilge oʻynagan[3]. Demirel 2007\08-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan keyingi bosqichiga chiqgan „Fenerbahche“ jamoasining asosiy darvozaboni boʻlgan. 1/8 finalda „Sevilya“ga qarshi oʻyinda Demirel bir nechta xatoga yoʻl qoʻygan va ikkita gol oʻtkazib yuborgan. Biroq u penaltilar seriyasida uchta penaltini qaytarib, klub tarixida birinchi marta chorak finalga chiqishga yordam bergan. Keyingi bosqichda „Fenerbaxche“ „Chelsi“ bilan toʻqnash kelgan va umumiy 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan. Kulbilge „Kojaelispor“ga oʻtganidan soʻng, Demirel asosiy darvozabon sifatida ish boshlagan. Demirel 2008\09-yilgi mavsum oxirida toʻrt yillik shartnomani uzaytirgan.

Xalqaro faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demirel, 2011-yilda Turkiya terma jamoasida oʻynagan

Demirel 2001-yilda Turkiya U-20 terma jamoasiga chaqirilgan va toʻrt marta maydonga tushgan. U 2001 va 2003-yillarda 21 marta Turkiya U21 terma jamoasi safida maydonga tushgan va Turkiya terma jamoasiga ilk bor 2004-yilda chaqiruv olgan. U 2004-yilning 28-aprelida Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa safida debyut qilgan. Ikkinchi boʻlimda Demirel zaxiradan maydonga tushgan.

Demirel UEFA Yevro-2008 chempionatida Turkiya terma jamoasining asosiy darvozaboni boʻlib, jamoa tarixida birinchi marta yarim finalga chiqgan. U guruh bosqichining uchta oʻyinini ham asosiy tarkibda boshlagan.

2014-yilda Qozogʻistonga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash oʻyini arafasida Volkan Demirel muxlis bilan janjallashib, Turkiya milliy futbol jamoasini tark etgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 2-sentabr kuni Fenerbahche Demirelning nafaqaga chiqqanini va faoliyatini jamoada yordamchi murabbiy sifatida davom ettirishini eʼlon qilgan[4]. U navbati bilan Ersun Yanal, Tohir Karapinar, Erol Bulut va Emre Belozogʻlu qoʻl ostida ishlagan.

2021-yil 14-iyulda Fenerbahche prezidenti Ali Koch bilan oʻtkazgan matbuot anjumanida u Fenerbahchedagi yordamchi murabbiylik faoliyatini yakunlagani eʼlon qilgan[5].

Fatih Karagümrük[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 17-dekabrida Demirel Fatih Karagümrük bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan.

Uning murabbiy sifatidagi ilk uchrashuvi 19-dekabr kuni safarda „Göztepe“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonish bilan boshlangan[6].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Volkan Demirel sobiq Belgiya goʻzali Zeynep Sever bilan oila qurgan[7]. Ularning Yade (2014-yil fevral oyida tugʻilgan) va Yeda (2017-yil sentyabr oyida tugʻilgan) ismli ikki qizi bor[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Kartalspor 2000-01 22 0 22 0
2001-02 29 0 29 0
Jami 51 0 51 0
Fenerbahçe 2002-03 1 0 1 0
2003-04 19 0 3 0 22 0
2004-05 6 0 1 0 1 0 8 0
2005-06 18 0 7 0 6 0 31 0
2006-07 16 0 2 0 5 0 23 0
2007-08 25 0 4 0 12 0 41 0
2008-09 29 0 0 0 10 0 39 0
2009-10 32 0 7 0 12 0 51 0
2010-11 32 0 0 0 2 0 34 0
2011-12 38 0 1 0 39 0
2012-13 28 0 3 0 15 0 46 0
2013-14 29 0 0 0 4 0 33 0
2014-15 26 0 3 0 29 0
2015-16 32 0 1 0 7 0 40 0
2016-17 28 0 4 0 10 0 42 0
2017-18 25 0 3 0 2 0 30 0
2018-19 12 0 2 0 2 0 16 0
Jami 396 0 39 0 88 0 523 0
Karyerada jami 447 0 39 0 88 0 574 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Turkiya 2004 3 0
2005 6 0
2006 3 0
2007 6 0
2008 12 0
2009 10 0
2010 7 0
2011 7 0
2012 3 0
2013 5 0
2014 1 0
Jami 63 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fenerbahche

  • Turkiya Superligasi : 2003-04, 2004-05, 2006-07, 2010-11, 2013-14
  • Super Kubok : 2007, 2009, 2014
  • Turkiya kubogi : 2011-12, 2012-13

Turkiya

  • UEFA Yevropa chempionati bronza medali sovrindori: 2008[9][10][11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Volkan Demirel dünya evine girdi“ (turkcha). fenerbahce.org. Qaraldi: 22-sentabr 2010-yil.
  2. „Kaleci Volkan evlendi“ (turkcha). Cumhuriyet (22-sentabr 2010-yil). 14-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-sentabr 2010-yil.
  3. SERDAR KULBİLGE tff.org (turkcha), accessed 23 August 2010
  4. „Volkan Demirel ile Omuz Omuza Yeni Bir Yolculuğa“ (turkcha). fenerbahce.org (2-sentabr 2019-yil).
  5. „Bir Volkan'dır Fenerbahçe“ (turkcha). fenerbahce.org (14-iyul 2021-yil).
  6. „Karagümrük, Volkan Demirel'le kazandı!“ (turkcha). sporx.com (19-dekabr 2021-yil).
  7. „Ex-Miss België Zeynep Sever in verwachting“. Het Nieuwsblad.
  8. „İşte Volkan Demirel'in kızı Yade“. www.hurriyet.com.tr.
  9. „Regulations of theUEFA European Football Championship“. UEFA.com. Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.
  10. „Germany-Turkey | Line-ups | UEFA EURO“. UEFA.com. Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.
  11. „UEFA EURO 2008™ squad lists announced“. UEFA.com (28-may 2008-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.