Volodimir Mikolayenko
Volodimir Vasilyevich Mikolayenko | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
8-aprel 1960-yil Xerson, Ukraina SSR. SSSR |
Siyosiy partiyasi | partiyasiz |
Taʼlim | Sevastopol davlat universiteti |
Kasbi | muhandis va kema mexanigi |
Volodimir Vasilyevich Mikolayenko (ukraincha: Володимир Васильович Миколаєнко, 1960-yil 8-aprel) — ukrainalik siyosatchi. 2014-yil 25-mayda boʻlib oʻtgan Xerson merining navbatdan tashqari saylovlarida Xerson meri etib saylangan. Bungacha Xerson shahar kengashi kotibi lavozimini egallab, vaqtincha mer lavozimida ishlagan. Partiyasiz.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Volodimir Mikolayenko xizmatchilar oilasida tugʻilgan[1]. 1967-yilda Xersondagi 16-maktabga oʻqishga borgan. Maktabni tugatgandan soʻng, 1975-yilda Xerson baliqchilik sanoatining dengizchilik bilim yurtiga kema elektrostansiyalarini ekspluatatsiya qilish mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga kiradi. 1979-yilda bilim yurtni dengiz mexanikasi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Mikolayenko Vladivostokdagi tral va refrijeratorli floti bazasida 1982-yilgacha kema mexaniki boʻlib ishlagan. 1982-yildan 1991-yilgacha Xerson konserva zavodida ishlagan[1].
1984-yilda Xerson sanoat institutiga, keyin esa Sevastopol asbobsozlik institutiga oʻqishga kiradi va uni 1990-yilda tugatib, dengiz muhandisi mutaxasssiligiga ega boʻlgan. 1991-yildan Xerson viloyati baliqchilik kolxozlari ittifoqi flotida mexanik boʻlib ishlagan. 1993-yildan 2006-yil may oyigacha xususiy korxona rahbari lavozimida ishlagan[1].
2006-yil iyun oyida Xersondagi Dnepr tuman kengashi raisining oʻrinbosari lavozimini egallaydi. Xuddi shu yili 5-chaqiriq Xerson shahar kengashiga saylangan va 2010-yilda yana shahar kengashiga saylangan[1].
Yevromaydan ishtirokchisi, shundan soʻng 2014-yil may oyida Xerson meri etib saylandi[2].
Ukraina sharqidagi norozilik namoyishlari chogʻida Xersondagi provokatsiyalarning oldini olish va ayirmachilar tomonidan shaharni egallab olishning iloji yoʻqligi borasida oʻzining qattiq pozitsiyasini bildiradi[3].
2015-yilda 1-bosqichda 24,81 foiz (20 903 kishi), ikkinchi bosqichda esa 67,78 foiz (37 532 kishi) ovoz toʻplagan holda shahar hokimi etib saylanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jump up to: 1,0 1,1 1,2 1,3 „МИКОЛАЄНКО ВОЛОДИМИР ВАСИЛЬОВИЧ“. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
- ↑ „Глава городской "Батькивщины" обошел оппонентов.“. 1+1 (2014-yil 28-may). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
- ↑ „Владимир Миколаенко: «Если потребуется, будем стрелять на поражение»“. 2015-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.