Volyuta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Volyuta (ital. voluta — jingalak) — oʻrtasida "koʻz" ishlangan chulgʻam (spiral)simon meʼmoriy bezak. Ioniy orderida ustun boshasinchng tarkibiy qismi. Korinf orderida va b. uslublarga xos kallaklarda ham uchraydi (qarang Meʼmorlik orderlari). V. bino qismlarini tutashtiruvchi meʼmoriy qism, karniz, peshtoklarni, eshik va deraza hoshiyalarini (asosan Soʻnggi Uygʻonish va barokko meʼmorligida) bezagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil