Kontent qismiga oʻtish

Vonsan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vonsan — KXDRdagi shahar, Kanvondo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakat sharqidagi, Yapon dengizi sohilidagi yirik dengiz porti va baliq ovlash bazasi. Aholisi 274 ming kishi (1989). Temir yoʻl tuguni. Mashinasozlik (jumladan kemasozlik va vagonsozlik) zavodlari, oziq-ovqat, koʻn, sellyuloza, kimyo, toʻqimachilik, rangli metallurgiya korxonalari, bir qancha oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil