Kontent qismiga oʻtish

Voronej tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
XVII asr oxirida qurilgan Admiralty Assopsiya cherkovi

Voronej — Rossiyaning uzoq tarixga ega boʻlgan,Yevropa qismida joylashgan shahar boʻlib, ushbu shahar 1586-yil tashkil topgan.

Zamonaviy shahar XVI asrda Don daryosining irmogʻi boʻlgan Voronej daryosi nomi bilan atalgan."Voronej" nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida tarixchilar va mahalliy tarixchilar tomonidan bir qancha nazariyalar keltirilgan va bularning hech birini notoʻgʻri deya talqin qilib boʻlmaydi. Bunga asosiy sabab „Voronej“ soʻzini asoslab beruvchi gipotezalarning hech biri muammoning yagona mumkin boʻlgan yechimi sifatida soʻzsiz qabul qiladigan darajada yaxshi asoslanmaganligidadir. [1] . 1947-yilda Fin-Ugor filologiyasi boʻyicha konferensiyada leningradlik tadqiqotchi A. I. Popov „Voronej“ soʻzini geografik nom va mordovcha „vir“ — oʻrmon soʻzlari birligidan iborat deb aytgan. Bu fikr dastlab mutaxassislar tomonidan qoʻllab quvvatlanmaydi. M. N. Melkheev va V. A. Nikonov fikrni maʼqullashmaydi, biroq O.N.Trubachev va V.N.Toporov fikrni qoʻllab quvvatlashgan. Keyinchalik yana bir mahalliy tarixchi A. V. Kozhemyakin ham bu fikrni qoʻllab-quvvatlagan. 1968-yilda toponimik xatolar V. Juchkevich tomonidan „Umumiy toponimika“ [2] darsligida tahlil qilingan. 2000-yilda "O slove „Voronej“" maqolasida mahalliy tarixchi Ya. P. Mulkidjanyan"Voronej" soʻzini shahar nomi va eroncha „varu“ soʻzlari birligidan iborat, chunki daryo keng tekislikka ega va oʻrta tosh asrida daryo boʻyida eron tilida soʻzlashuvchi qabilalar yashagan deb oʻz fikrini asoslab oʻtgan. Oʻz maqolasi sharhida, P. Medvedev Voronej gidronimining Meotida (Azov dengizi) ga oqib oʻtadigan Gerodot tomonidan tilga olingan Oar daryosi nomi bilan bogʻliqligi haqida fikr bildirgan. [1] . 2003-yilda arxeologlar A. Z. Vinnikov va A. T. Sinyuk, farqli oʻlaroq. P. Zagorovskiyning fikriga koʻra, Voronej daryosining nomi XI-XII asrlarda paydo boʻlmagan, lekin XVIII asr oxiri yoki XIX asr boshlarida bu yerga kelgan slavyanlar tomonidan berilgan deb ishonishgan.

Voronej hududidagi eng qadimgi aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Voronej oʻlkasi qimmatbaho arxeologik yodgorliklarga boy hisoblanadi. Hozirda ularning yuzdan ortigʻi zamonaviy shahar va uning atrofidagi hududlarga toʻgʻri keladi. Qadimgi manzilgohlardan bronza davri manzilgohlari, qadimgi aholi punktlari va ilk temir davri (miloddan avvalgi I ming yillik) manzilgohlari maʼlum. Eramizning III asr oʻrtalari skif va sarmat qabilalarining merosi), slavyan aholi punktlarining oʻziga xos majmuasi (VIII — XI asr boshlari), turli davrlardagi qabristonlar [3] ni ham bular sirasiga kiritish mumkin. XIX asr oxirida mahalliy tarixchilar L.B.Vaynberg va E.L.Markovlar birinchi boʻlib asosiy aholi punktlarining tarixi va madaniy hayotini yoritishga kirishishgan. Ularning uzoq izlanish faoliyatlari natijasida kitob-albom yaratildi.Mahalliy tarixchilar bu hududda yashagan aholini „Kazar“ yoki „Xazar“ deb atashgan [4] . 1928-1929-yillarda leningradlik olim P.P.Efimenko boshchiligidagi Davlat Moddiy madaniyat tarixi akademiya ekspeditsiyasi ilk slavyan xalqi kelib chiqishini asoslab berishdi. Voronej daryosidagi Mixaylovskiy kordoni yaqinida XVIII-XIX asr boshlarida gʻayrioddiy katta (9 gektardan ortiq) va kuchli mustahkamlangan slavyan aholi punkti topilgan (ilgari, bronza va temir asrlarida kichikroq joyda yashashgan[5] . Shu bilan birga, bir qator boshqa rus tadqiqotchilari boshqa joylarda: Oka havzasida; Kiyevdagi Dneprda ; Don boʻyida Titchixa qishlogʻida yashashgan deb yozib qoldirishgan.

VIII-XI asrlardagi asosiy aholi punktining parchasi. („shahar“ ning atalgan nomlari: Vantit, Voronej) Voronej shahrining Markaziy tumanidagi Ribachi qishlogʻi yaqinida. Voronej

XVII asr oʻrtalaridan Turkiya, Qrim va Kavkazdagi Rossiya va xorijiy elchilar Voronejga qoʻnib oʻtishgan. Shahar ularni barcha zarur narsalar, jumladan qurol-aslaha va qoʻriqchilar bilan taʼminlashi kerak edi. Taxminan bir vaqtning oʻzida Voronej Belgorod chizigʻining bir qismiga aylangan[6] — asr oxirigacha Rossiya davlatini tatar reydlaridan himoya qilgan istehkomlar qurib bitkazilgan. 1670-1671-yillarda S. T. Razin boshchiligida dehqonlar urushi boʻlib oʻtgan. Qoʻzgʻolon Belgorod gubernatori G.. Romanovskiy boshchiligidagi chor qoʻshinlari tomonidan bostirilgan. Oʻsha paytda Belgorod gubernatori G.Romanovskiy boshchiligidagi chor qoʻshinlari shaharda qoʻzgʻolonning oldini olishga muvaffaq boʻldilar 1682-yilda sobor qarori bilan shizmatlarga qarshi kurashish uchun "Voronejskaya eparxiya"[7] tuzildi. Yepiskop Mitrofan (1623-1703) 58 yoshida uning birinchi rahbari boʻldi.

Pyotr I islohotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Voronejning XVIII asr(Petrovskiy oroli va old tomonda omborxona)

1695-yil qishda Voronej tumanida ikkinchi Azov kampaniyasini tayyorlash paytida 522 ta omoch, 42 ta dengiz kemasi, 134 ta raf tayyorlandi. Shahar tarixida birinchi marta Voronej daryosi boʻylab bunday koʻp miqdordagi yuk kemalari harakatlangan. Biroq birinchi Azov kampaniyasi Rossiyaga katta gʻalabalar keltirmagan. Azov qal’asi zabt etilmadi.Shuning uchun Pyotr I uning qurilishini boshlashga qaror qildi. Voronej shahri strategik joylashuvi qulay boʻlganligi sabab tanlangan. Birinchidan, shahar Voronej daryosi boʻyida joylashgan boʻlib, u Donga quyiladi. Ikkinchidan, shahar yaqinida qurilish materiali sifatida foydalanish mumkin boʻlgan oʻrmonlar bor edi. Uchinchidan, Voronej aholisi daryo kemalarini qurish va boshqarish tajribasiga ega edi.

Ilmiy-ommabop nashrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1986-yilda shaharning 400 yilligi munosabati bilan pochta markasi chiqarildi.
  • 2010-yilda „Voronej — harbiy shon-sharaf shahri“ markasi chiqarildi.
  1. 1,0 1,1 Mulkidjanyan Ya. P. O slove „Voronej“ // Russkiy provinsialniy jurnal „Voronej“. — Voronej, 2000. — № 1.
  2. Juchkevich V. A. Obщaya toponimika. — Minsk, 1968
  3. Vinnikov A. Z., Sinyuk A. T. Dorogami tisyacheletiy: Arxeologi o drevney istorii Voronejskogo kraya. — Izd. 2-e. — Voronej, 2003.
  4. Veynberg L. B. Ocherk zamechatelneyshix drevnostey Voronejskoy gubernii. — Voronej, 1891.
  5. Yefimenko P. P., Tretyakov P. N. Drevnerusskie poseleniya na Donu // Materiali i issledovaniya po arxeologii SSSR. — M.; L., 1948. — Vip. 8. — 128 s.
  6. Панова 2008.
  7. Кононов В. И.. Памятник императору Петру Великому. Воронеж: ООО «Редакция газеты „Коммуна“», 2007. 
  • Voronej, gubernskiy gorod Voronejskoy gubernii // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.
  • Воронежская энциклопедия, Справочно-энциклопедическое издание, Воронеж: Центр духовного возрождения Чернозёмного края, 2008. ISBN 978-5-900270-99-9. 
  • Воронеж в документах и материалах/ Под ред. В. В. Кулиновой, В. П. Загоровского. Воронеж: Центр.-Чернозём. кн. изд-во, 1987. 
  • Воронежская энциклопедия, Справочно-энциклопедическое издание, Воронеж: Центр духовного возрождения Чернозёмного края, 2008. 
  • Дегтярёв А. . Воронеж — родина воздушного десанта, юбилейное, Воронеж: Кварта, 2009. ISBN 978-5-89609-13. 
  • Кононов В. И. . Священная память. Памятники славы Воронежа, Краеведческое издание, Воронеж: Творческое объединение «Альбом», 2005. ISBN 5-98631-006-3. 
  • Попов П. А. . Уходящий Воронеж в объективе Павла Попова, Воронеж, 2008. ISBN 978-589981-581-2. 
  • Троицкий Н. В. . Облик будущего Воронежа. Воронеж: Воронежское книжное издательство, 1953. 
  1. Воронежцы. Знаменитые биографии в истории края. Воронеж: Издательский дом «Кварта», 2007. ISBN 978-5-89609-105-9. 

Ilmiy nashrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Акиньшин А. Н.. Воронежские губернаторы и вице-губернаторы. 1710—1917, Историко-биографические очерки, Воронеж: Центрально-Чернозёмное книжное издательство, 2000. ISBN 5-7458-0786-5. 
  2. Воронежский фронт: история, люди, победы, Историко-монографическое издание, «Земля Воронежская. Живая память», Воронеж: Центрально-чернозёмное книжное издательство, 2005 — 26-bet. ISBN 5-7458-1035-1. 
  3. Воронеж: экономико-географическое исследование/Г. Т. Гришин, М. В. Гончаров, И. С. Шевцов и др. Воронеж: Изд-во Воронежского Государственного Университета, 1986 — 35-bet. 
  4. Глазьев В. Н.. Воронежские воеводы и их окружение в XVI—XVII веках. Воронеж: Центр духовного возрождения Чернозёмного края, 2006. 
  5. Загоровский В.П.. Воронеж: историческая хроника, Краеведческое издание, Воронеж: Центрально-Чернозёмное книжное издательство, 1989. ISBN 5-7458-0076-3. 
  6. Загоровский В. П.. О древнем Воронеже и слове Воронеж. — Изд. 2-е, Издательство Воронежского государственного университета, Воронеж, 1977. 
  7. Попов П. А.. Твой крест, Воронеж. Судьба города и человека, Историко-документальное изд-е, Воронеж: Центр духовного возрождения Чернозёмного края, 2008. ISBN 978-5-91338-011-1. 
  8. Protorchina V. M. K voprosu o sostave naseleniya g. Voroneja v period pervoy revizii // Iz istorii Voronejskogo kraya. Voronej, 1969. Vip. 3.
  9. Protorchina V. M. Naselenie g. Voroneja v period tretey revizii (1762—1765 gg.) // Tam je. Voronej, 1975. Vip. 5.
  10. Расторгуев В. И.. Воронеж — родина первого Адмиралтейства. Воронеж: Изд-во Воронежского государственного университета, 2007. ISBN 978-5-9273-1170-5.  Nauchniy redaktor — doktor istoricheskix nauk professor N. A. Dushkova, avtor knigi — kapitan 1-go ranga, nachalnik Voenno-Morskogo otdela voennogo komissariata Voronejskoy oblasti
  11. Стратегический план социально-экономического развития городского округа город Воронеж на период до 2020 года, проект, Воронеж: Воронежский государственный университет, 2010. [sayt ishlamaydi] (nedostupnaya ssilka)
  12. Шулепова Э. А. (руководитель научного проекта). Историко-культурное наследие Воронежа: материалы Свода памятников истории и культуры Российской Федерации, Научно-документальное издание, Воронеж: Центр духовного возрождения Чернозёмного края, 2000. ISBN 5-900270-43-2. 
  13. Popov P. A. Voronej: drevnee slovo i drevnie goroda, a takje drevnie lesa i drevnie reki Rossii / P. A. Popov; poslesl. N. Yu. Xlizovoy. — Voronej : Kvarta, 2016. — 608 s. — ISBN 978-5-89609-437-1.
  14. Панова В. И.. История Воронежского края, 4-е, доп, Воронеж: «Родная речь», 2008. ISBN 978-5-8745-6562-6.  Kniga laureat oblastnix konkursov uchebnikov i uchebno-metodicheskix posobiy 1994 i 1995 godov