Vrachlar konsultatsiya komissiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vrachlar konsultatsiya komissiyasi (VKK) - Oʻzbekistonda davolash va profilaktika muassasalari (poliklinikalar, kasalxonalar, dispanserlar va b.)dagi maxsus komissiya. Bosh vrachning ekspertiza boʻyicha oʻrinbosari (VKK raisi), tegishli boʻlim mudiri va davolovchi vrachlardan tuziladi. Faqat VKK kasallik varaqasi muddatini choʻzish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha bahs va janjalli masalalarni hal qilish, kasalligi uzoq davom etgan bemorlarni mehnat qobiliyatini aniqdash tibbiy-ekspert komissiyasita yuborish huquqiga ega. VKK sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yoʻllanma berish, mehnat sharoitlarini oʻzgartirish yoki betobligi tufayli yengilroq ishga oʻtkazish (vaqtincha yoki doimiy) toʻgʻrisida tavsiyanomalar ham beradi. Bemorni VKK ga davolovchi vrach, davolash muassasasining boʻlim mudiri, kasaba uyushmasining sugʻurta vrachi yuboradi. Bundan tashqari, VKK davolovchi vrachlar faoliyatini nazorat qiladi va tegishli maslahatlar beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil