Vrachlik maslahat komissiyasi
Vrachlik maslahat komissiyasi – jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bn ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj boʻlgan bolalar nogiron deb hisoblanadi. Bolalarning turmush faoliyati cheklanganligi ularning oʻz – oʻziga xizmat qilish, yurish, yoʻlni topa olish, muloqot qilish, oʻz xatti – harakatini nazorat qilish, shuningdek taʼlim olish va mehnat faoliyati bn shugʻullanish qobiliyati yoki imkoniyatini toʻla yoxud qisman yoʻqotganligida ifodalanadi. Bolalarni nogiron deb topish ularning qonuniy vakillari ota – onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari (homiylari)ning doimiy yashash joyidagi tum. (sh.) davolash – profilaktika muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan Vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi va OʻzR Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori (roʻyxat raqami 1695, 26.06.2007y.) bilan tasdiqlangan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Vrachlik maslahat komissiyasiga tum. (sh.) davolash – profilaktika bosh shifokori raislik qiladi. Vrachlik maslahat komissiyasi tarkibi bosh shifokor oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi va davolovchi shifokorlar (pediatr, terapevt, psixiatr, ftiziatr va b . mutaxassislar) dan iborat tarkibda tum. (sh.) davolash – profilaktika muassasasi bosh shifokori tomonidan tasdiqlanadi. Vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan beriladigan bolalarni nogiron deb topish toʻgʻrisida tibbiy xulosa (keyingi oʻrinlarda matnda tibbiy xulosa) nogiron bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos boʻlib hisoblanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |