Kontent qismiga oʻtish

Vrachning sir saqlashi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vrachning sir saqlashi - vrachlar va boʻlajak tibbiyot xodimlarining bemorlar haqidagi maʼlumotlarni zinhor oshkor qilmaslik burchi. Yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi tugʻilganda hamda sud-tergov organlari va tibbiy muassasalar talab qilganda sir saqlanilmaydi. V.s.s. va umuman davolash-profilaktika muassasasi xodimlarining sir saqlashi OʻzRning sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunlari va shifokor qasamyodida qayd etilgan. Tibbiyot xodimlari qonun bilan belgilangan V.s.s. burchini hamisha yodda tutishlari va unga qatʼiy amal qilishlari zarur.


  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil