Vulkanogen choʻkindi jinslar
Vulkanogen choʻkindi jinslar — vulkan va choʻkindi materiallardan tashkil topgan togʻ jinslari. Vulkanlarning portlab otilishidan hosil boʻlgan qattiq, boʻlakli va kimyoviy (suvda erigan) boʻlishi mumkin. Boʻlakli yoki piroklastik materiallar (suyuq lava mahsulotlari, vulkan qattiq va b. jinslarning maydalangani) boʻsh, palaxsalar, vulkan bombalari, lapillalar, vulkan qumlari va kullari toʻplamini tashkil etadi. Choʻkkan joylarida sementlashishidan yoki boshqa joyga olib borib yotqizilganda toza, koʻpincha bir xil tarkibli, ozroq choʻkindi mahsulotli (10% dan koʻp emas) V.ch.j.— vulkan tuflari hosil boʻladi. Koʻproq qoʻshimchalar aralashganda tuffitlar va juda oz tuf komponenta qoʻshimchasi boʻlgan choʻkindi jinslar hosil boʻladi. Boʻlaklarning katta-kichikligiga koʻra V.ch.j. dagʻal boʻlakli (10 mm dan katta), yirik (0,1–2 mm), oʻrtacha (0,1–2 mm), mayda (0,01—0,1 mm) va juda mayda (0,01 mm dan kichik) boʻlakli turlarga boʻlinadi. Mineral tarkibi boʻyicha, eng avvalo vulkan komponentining tarkibiga qarab farqlanadilar. Issiq va suyuq holda otilgan jinslar suv ostida yoki quruklikda yotqizilsa xemogen V.ch.j. hosil boʻladi. Masalan, koʻpchilik yashmalar, baʼzi bir temir, marganes rudalari, fosforitlar va b, Oʻzbekistonda ChatqolQurama togʻlarida vulkan jinslari tarqalgan joylarda V.ch.j. uchraydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |