Kontent qismiga oʻtish

Vulqon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alaskadagi Aleut orollarida joylashgan Klivlend vulqonining Xalqaro fazoviy stansiyadan olingan surati (may, 2006).
Filippindagi Pinatubo vulqonidan kul 19 km balandlikka otilib chiqqan (1991).

Vulqon — Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulqon markazida asosiy vulqon kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va boshqa vulqon jinslari shu kanal orqali koʻtariladi. Vulqon kanalining yuqori qismi vulqon boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulqonning otilishi, lavaning qotishi jarayonida bugʻ va vulqon suvlari ajralib chiqadi. Vulqon otilishi qisqa, davriy va uzok, davom etishi, baʼzilari butunlay soʻnib qolishi mumkin. Shunga koʻra vulqon soʻnmagan, soʻngan, tinchigan xillarga boʻlinadi. Vulqonning koʻtarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga boʻlinadi. Markaziy vulqonda mahsulotlar markaziy kavakdan otilib chiqadi, yoriqlardan otiladigan vulqon ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik katta boʻlmagan konuslardan iborat. Soʻnmagan vulqonga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib turadigan vulqon hamda vulqon otilgani haqida tarixiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan vulqon kiradi. Tinchigan vulqon hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq magma oʻchogʻi boʻlib, vaqt oʻtishi bilan u faollashishi mumkin. Soʻngan vulqonga kuchli yemirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan vulqon kiradi. Soʻnmagan vulqon geosinklinal oblastlarda tarqalgan. Ularning deyarli uchdan ikki qismi Tinch okean qirgʻoqlari va orollarida, Uzok. Sharila Kamchatka yarim oroli va Kuril orollarida, oʻchgan vulqon Kavkaz, Zabaykale, Markaziy Osiyo, Ukraina (jumladan Karpat togʻlari va Qrim yarim oroli)da joylashgan.

Soʻnmagan vulqon otilish xususiyatlariga qarab Gavayi, Stromboli, vulqon, Gumbazli tiplariga boʻlinadi:

  1. Gavayi tipidagi vulqondan (Tinch okeandagi Gavayi orollari nomidan) harorati 1200—1300° boʻlgan suyuq bazalt lavasi toʻxtovsiz chiqib turadi. Gavayi orollaridagi MaunaLoa, Kilauea hamda Kamchatka yarim orolidagi (Ploskiy, Tolbachik) vulqon.
  2. Stromboli tipidagi vulqon (Lipar orollaridagi Stromboli vulqoni nomidan); kuchli portlab, vulqon bombalari otilib, soʻngra harorati 1200—1300° boʻlgan bazalt, andezit tarkibli lavalari okib chikddi. Stromboli tipdagi vulqon Apennin yarim orolida (Vezuviy), Kamchatka yarim orolida (Klyuchi sopkasi) bor.
  3. Vulqon tipidagi vulqon (Tirren dengizining janubi-sharqida joylashgan vulqon nomidan) otilganda qattiq portlaydi, vulqon bombalari va kullari otilib chiqadi. Kamchatka yarim orolidagi Jupanov, Karim sopkasi bu tipdagi vulqonga kiradi.
  4. Vulqon otilishining Gumbazli tipi uchun quyuq yopishqoq (andezit, datsit, liparitly) lavani gaz bosimi tufayli vulqon kanalidan siqib, itarib chiqarib gumbazlar (Pyui-de-Dom va Kamchatkadagi Markaziy Semyachik vulqon), kriptogumbazlar (SyovaSindzan vulqon), konus-gumbazlar (Ivanov vulqon) va obelisklar hosil boʻlishi mumkin.

Magma oʻchogʻi yerning yuqori mantiya qismida 50—70 km (Kamchatkadagi Klyuchi sopkasi, Gavayi orollaridagi Kilauea) yoki Yer poʻstija 5—6 km (Vezuviy) chuqurlikda boʻladi. Vulqon Tinch okean va unga yondosh materiklarda koʻp. Dunyodagi 691 harakatdagi vulqonning 418 tasi oʻsha rayonda. Kamchatka yarim orolida 28, Kuril orollarida 40 ta vulqon mavjud. Oʻzbekistonda vulqon toʻrtlamchi davrda soʻngan. Vulqon kraterlari va jinslari Qurama, Tomdi togʻlarida koʻp tarqalgan. Tinch okeanda kuchli suv osti vulqon otilib turadi. Bunday vulqon otilganda bal. 30 m ga yetadigan suv toʻlqinlari (sunami) koʻtarilib, qirgʻoqqa yaqin koʻp shahar va qishloqlarni vayron qiladi. Vulqon mahsulotlari gazsimon {vulqon gazlari), suyuq (lava) va qattiq (vulqon togʻ jinslari) boʻladi. Vulqonda suv va gaz taʼsiridan magmatik yoki atrofdagi choʻkindi, metamorfik jinslarda ruda hosil qiluvchi har xil elementlar va turli foydali qazilmalar hosil boʻladi. Masalan, oltingugurt, alunit, temir, marganes, fosforit, kumush, qoʻrgʻoshin, rux, simob, mis, qalay, olmos konlari, jumladan Oʻzbekistonning Chatqol, Qurama va gʻarbiy qismidagi baʼzi bir konlar vulqondan paydo boʻlgan. Vulqon jinslaridan bino va inshootlar qurishda, issiq suvlari (geyzerlar) dan elektr energiya olishda, uylarni isitish va tibbiyotda ishlatiladi. Yer sharidagi eng mashhur vulqon jadvalda keltirilgan.

Yer sharidagi eng mashhur vulqonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi Mamlakat Hudud balandligi, m
Lyupyaylyako Argentina-Chili 6723
Kilimanjaro Tanzaniya 5895
Orisaba Meksika 5700
Damovand Eron 5604
Popokatepetl Meksika 5462
Klyuchi Sopkasi Rossiya 4750
Meru Tanzaniya 4567
Mauna-Loa Gavayi orollari 4170
Erebus Antarktida 3794
Fudziyama Yaponiya 3776
Semeru Indoneziya 3676
Etna Italiya 3340
Gekla Islandiya 1491
Vezuviy Italiya 1277
Krakatau Zond boʻgʻozi 813


  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Vlodaves V. I., Vulkani Zemli, M., 1973;
  • Aprodov V. A., Vulkani, M., 1982.