Vvedenskiy oligoxetasi
Vvedenskiy oligoxetasi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Oligoxeta |
Oila: | Murakkabguldoshlar |
Binar nomi | |
Oligochaeta vvedenskyi |
Vvedenskiy oligoxetasi (lotincha: Oligochaeta vvedenskyi) – murakkabguldoshlar oilasi oligoxeta turkumiga mansub bir yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Qoraqalpog'iston hududida tarqalgan. Togʻlarda, yemirilgan tog‘ jinslarida, ola jinsli tuproqlarda oʻsadi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 20 sm gacha yetadigan bir yillik oʻt oʻsimlik. Poyasi juda qisqa, ildiz boʻgʻzidan shoxlanib ketgan. Novdalarining uzunligi 7-15 sm, yerbagʻirlab, sudralib oʻsadi, yuzasi yotiq tuklar bilan qoplangan. Barglari oddiy, novdada navbatma navbat joylashgan, kulrang yashil tusda, ustki tomoni jingalak tuklar bilan qoplangan. Poyaning ildizga yaqin qismidan chiqqan barglari bandli, choʻziq, tuxumsimon, chetlari oʻyilgan, tishli tikanli. Gullari bir yoki ikki jinsli, shoxlar uchidagi savatcha toʻpgulda yigʻilgan. Savatchasi bitta yoki ikkita choʻziq shaklda. To‘pguli ostki tomondan yashil oʻrama bargchalar bilan oʻralgan. Bargchalari nashtarsimon, tukli. Gultojibarglari oqish rangda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Aprel oylarida gullab mevasi mayda yetilib pishadi. Mevasi quruq bir urugʻli pista meva. Urug‘ining uzunligi 3 mm. Urug‘ining atrofi popuklar bilan oʻralgan, shamol orqali tarqaladi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda kam uchrovchi endemik tur. Qoraqalpog'iston hududida tarqalgan. Tog‘larning pastki qismlarida, yemirilgan togʻ jinslarida va ochilib qolgan ola jinsli tuproqlarda oʻsadi. Chorva mollarining koʻplab boqilishi, yem—xashak sifatida yigʻilishi va maxsus tuproq sharoitiga moslashganligi sababli tabiatda kam uchraydi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Oligochaeta vvedenskyi“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.