Vyacheslav Kasmachevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vyachevlav Kasmachevskiy
Tavalludi 15-fevral, 1887-yil
Vafoti 1969-yil
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR

Vyacheslav Kasmachevskiy(1887-yil 15-fevral, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1969-yil, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – belaruslik yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori, professor[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vyacheslav Kasmachevskiy 1887-yil 15-fevral kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyatida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1906-yil Orenburgdagi oʻrta taʼlim maktablarining birini tamomlagan. 1907-yil Sankt Peterburg harbiy tibbiyot akademiyasiga qabul qilinadi. Unga 1909-yil talabalik paytida terapevt mutaxassisligi berilgan. 1913-yil ayrim sabablarga koʻra, talabalikdan chetlashtiriladi. 1914-yil Tartu tibbiyot akademiyasiga qabul qilindi. 1914-yil Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan, armiya safiga chaqirildi. Vyacheslav Kasmachevskiy 1917-yil fevral oyida 2-Turkiston harbiy batalyonida bosh shifokor boʻlib ishladi[2]. U 1920-yil Turkiston otliq brigadasida bosh shifokor sifatida faoliyatini davom ettirdi. 1934-yil Samarqandga demobilizatsiya qilindi. Shu yili u ilmi ishlari asosida, dotsent unvoni va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi. Bundan soʻng, Moskva tibbiyot institutining yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori lavozimida ishlay boshladi. 1936-yili Vyacheslav Kasmachevskiyga Belarus SSR sogʻliqni saqlash xalq komissarligi tomonidan professor unvoni berildi. U 1934-yildan 1941-yilgacha Moskva tibbiyot institutining yuqumli kasalliklar kafedrasiga rahbarlik qildi. Vyacheslav Kasmachevskiy 1941-yildan 1943-yilgacha Irkutsk shahridagi tibbiyot institutining yuqumli kasalliklar kafedrasini boshqargan. 1943-yilda Belarus tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda 1955-yilgacha ishladi.

Vyacheslav Kasmachevskiy 1969-yil Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand shahrida vafot etdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]