Vyacheslav Oxunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vyacheslav Oxunov

Vyacheslav Oxunov
Tavalludi 2-iyul 1948-yil (1948-07-02) (75 yosh)
Oʻsh. Qirgʻiziston SSR
Millati Onasi rus, otasi oʻzbek
Sohasi Rassom
performans ustasi
nazariyotchi
yozuvchi
kurator
Ta'limi Frunze shahrida joylashgan rassomlik bilim yurti, 1973-yil.
V. I. Surikov nomidagi Moskva akademik sanʼat instituti, 1979-yil.
Mashhur suratlari Buxoroning bombalanishi

Breathe Quietly (19762013)
Unutilgan qum[1].
Choʻlpon portreti.

Vyacheslav Oxunov, (qirgʻizcha: Вячеслав Ахунов; oʻzbekcha: Vyacheslav Oxunov; 1948-yil 2-iyul, Oʻsh. Qirgʻiziston SSR. SSSR rassomi Oʻrumbay Oxunov oilasida tugʻilgan) — sovet, qirgʻiz va oʻzbek konseptual rassomi, performans ustasi, nazariyotchi, yozuvchi va kurator. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston tasviriy sanʼat ustasi. Vycheslav Oxunov oʻzining tasviriy sanʼat asarlar, video sanʼati va rassomchilik ishlari bilan mashhur boʻlgan[2][3][4]. Vycheslav Oxunov, shuningdek, Markaziy Osiyo sanʼatida konseptualizmning kashshoflaridan biri, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati islohotchisi va Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati (Contemporary Art)ning asoschisidir[5][6].

Hayoti va ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vyacheslav Oxunov 1948-yilda Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi (hozirgi Qirgʻiziston)ning Oʻsh shahrida tugʻilgan, onasi rus, otasi oʻzbek boʻlgan[7]. 1979-yilda Moskva davlat rassomlik instituti (hozirgi Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura maktabi)ni tamomlagan[8].

Vyacheslav Oxunov 1962-yilda FHU (Frunze sanʼat kolleji)ga oʻqishga kirgan. 1967—1970-yillarda Sovet Armiyasida xizmat qilgan. 1973-yilda Qirgʻiziston SSRning Frunze shahrida joylashgan rassomlik bilim yurtini tamomlagan. 1979-yilda V. I. Surikov nomidagi Moskva akademik sanʼat institutini bitirgan. 1979-yildan buyon Toshkent shahrida yashab keladi. 1980-yilda Nukus shahridagi Sanʼat muzeyi direktori, mashhur rassom Igor Savitskiy bilan uchrashgan. Savitskiy muzey kolleksiyasi uchun 45 ta grafik va tasviriy asar sotib olgan. Vyacheslav Oxunov Sovet ittifoqi haqida koʻplab asarlar yaratgan. Bunga misol sifatida Breathe Quietly (Jimgina nafas ol, 1976-2013-yillar) asarini koʻrsatish mumkin[9].

Vyacheslav Oxunov 200 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmalarda O‘zbekiston zamonaviy sanʼatini namoyish qilib kelgan. Shular jumlasiga, eng yuqori darajali, dOKUMENTA 13, Kassel (2013); 51 (2005), 52 (2007) 55 (2013) uchta Venetsiya zamonaviy sanʼat biennalelarida; Birinchi va toʻrtinchi Singapur Biennalesi zamonaviy sanʼat (2006, 2013); Kanada Monreal Biennalesi (2007); 3rd Oklend triennali „Artspace“ Oklend (Yangi Zelandiya); Biennale contemporary art Busan Biennale (Janubiy Koreya, 2008); „Traces du Sacré“ Center Pompidou — Musée National d´art Moderne, (Parij, Fransiya) Museum of Contemporary Art (Myunxen, Germaniya. 2008); 11 Istanbul Biennale contemporary art (Istanbul, Turkiya. 2009); Ok | Biennale Cuvee 10 World Selection of Contemporary Art Linz (Avstriya. 2010); „ATLAS“ koʻrgazmasi Nacional Centro de Arte Reina Sofia, Madrid — Reina Sofia muzeyi (2010); „Arsenal“-1 Ukraina zamonaviy sanʼat biennalesi Kiev (2012); 5-Moskva zamonaviy sanʼat biennalesi (2013); Volta10, Bazel, Shveytsariya va Volta NY, Nyu-York, AQSh (2014); Xitoyning Inchuan shahridagi zamonaviy sanʼat biennalesi (2018)[10] va boshqalar. Vyacheslav Oxunov Urganch Suratlar Galereyasida oʻz sanʼat asarlarini namoyish qilgan[11]. Vyacheslav Oxunovning asarlari Oklend sanʼat galereyasi muzey kolleksiyalarida ham saqlanib kelinadi[12].

Oʻtgan asrning 70-yillaridan boshlab Vyacheslav Oxunov Rossiyadagi hamkasblaridan mustaqil ravishda sovetcha ommaviy madaniyatning ikonografiyasi, rasmiy targʻibotning tasvirlari va matnlari asosida Gʻarb modernizmi va Sharq tasavvufini uygʻunlashtirgan asarlar yarata boshlagan. Vyacheslav Oxunov Sharq madaniyatiga qiziqishi va oʻzlashtirgan tajribasi ortidan soʻz va tasvirlarning oʻzaro birlashgandagi taʼsiriga doimo qiziqib kelgan. Rassom matnni tasvirga, ikonaga, moddiy konstruksiyaga aylantirgan. Oxunov Lenin va Stalin portretini shior, murojaat, muhrlangan targ‘iboti uchun qayta-qayta takrorlangan soʻzlaridan hosil bo‘lgan matn ornamentiga birlashtirgan. Rassom o‘z asarlarida sovet tashviqotini bemaʼnilik darajasiga chiqqaniga urgʻu berib, kommunistik shiorlarning doimiy takrorlanishini diniy mantra (diniy qoʻshiq)larga qiyoslagan.

Oʻtgan asrning 70-yillari oʻrtalaridan boshlab Oxunov keng koʻlamli „SSSR Art-xeologiyasi“ loyihasi ustida ish olib borgan va rassomning oʻzi yaratgan kitoblarida bir qator rasmlar yaratgan. 1977-yildan boshlab rassom oʻz ijodiy uslubini yaratgan. Uslub gʻarb modernizmining badiiy shakllari va sotsialistik realizm kombinatsiyasining qorishmasi boʻlgani uchun sotsialistik modernizm (Sots-Modernizm) deb atagan.

Rassom 70-yillarda „Azbuka totalitarizma“, „Krasnaya liniya partii“ , Krasniye Mantri SSSR", „Dushno“ (1976), „Upavshiy meteorit“, „Totalnaya Inventarizatsiya. Chasti beskonechnogo reyestra“ (1976), „Konsert dlya natsionalnix strunnix instrumentov“, shu bilan birga „Art-Xeologiya SSSR. Epoxa Sotsialita“, „Somneniye (Peresprashivaniye“)", „Bijuteriya S. S. S. R.“, „Filosofiya Pustini. Peski Zabveniya“ kabi kartinalar yaratgan.

Vyacheslav Oxunov 1984-yilda kommunistik tuzum tomonidan taqiqlangan, o‘zbek sheʼriyati namoyandasi, Stalin rejim tomonidan qatag‘onga uchragan Cho‘lpon taxallusi bilan ijod qilgan shoir Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli (1897—1938) portretini chizgan. 19871988-yillarda „Osiyo Gernikasi“ nomi bilan tanilgan Buxoroning bombalanishi suratini chizgan. Surat 1920-yildagi Buxoro ishgʻoli davomida shaharning Bombardimon qilinishiga bagʻishlangan[13].

2000-yillarda „Zernishko dlya kanareyki“, „Glinyanaya riba“, „Ugol“, „Musulmanin“, „Vosxojdeniye“, „WHY?“, „Blind Alley“ (2007) kabi videofilmlarning suratga olinishida rahbarlik qilgan.

Taʼqib qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) tomonidan taʼqibga uchragan shoirlar, nosirlar, zamonaviy sanʼat rassomlarini birlashtirgan „Tsentr Novogo  Iskusstva: Vizualno-plasticheskaya antropologiya“ (Yangi sanʼat markazi: Vizual-plastik antropologiya) nomli nodavlat jamoat tashkilotini tuzgan. Vyacheslav Oxunov 2012-yilda Gulnora Karimova tomonidan oʻtkazib kelingan ArtWeek Style.uz tadbirini tandiq qilib chiqqan edi[14]. 2011-yildan 2018-yilga qadar rassom mamlakatni tark etishi cheklab qoʻyilgan muxolifatchilarning „qora roʻyxati“ga kiritilgan va oʻz koʻrgazmalari uchun chet elga borish imkoniyatiga ega boʻlmagan.

Rassomning ijodi borasida chop etilgan asarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Salohiyat mezoni“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  2. Clowes, Edith; Bromberg, Shelly Jarrett. Area Studies in the Global Age: Community, Place, Identity (da). Cornell University Press, 2016-02-29 — 156 bet. ISBN 978-1-60909-187-3. 
  3. Ayvaz, İlkay Baliç; Vakfı, İstanbul Kültür ve Sanat. 11. Uluslararası İstanbul bienali, 12 Eylül-8 Kasım: Metinler (tr). İstanbul Kültür Sanat Vakfı, 2009 — 106 bet. ISBN 978-975-7363-81-1. 
  4. Art-mestechko--Shargorod: mezhdunarodnyĭ festivalʹ sovremennogo iskusstva, 10-20 avgusta 2006, Shargorod, Ukraina (uk). Moscow: Territoriia budushchego, 2006 — 104 bet. ISBN 978-5-91129-002-3. 
  5. „Achunov, Vjačeslav“. Documenta Archive website.
  6. „ArtChaeology and the Destruction of Ideologies: An Interview with Vyacheslav Akhunov“ (en-US). Voices On Cental Asia (2022-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  7. Sorokina, Julia „Vyacheslav Akhunov“ (en-US). Universes in Universe. Andoza:III). Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  8. „The greatest artist of "Socialist Modernism". Vyacheslav Akhunov“ (en). issuu.com. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  9. Makarova, Irina „Punk Orientalism: how the art of rebellion in Central Asia is challenging the scars of the Soviet past“. The Calvert Journal. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  10. „The Second Yinchuan Biennale: Starting from the Desert. Ecologies on the Edge“ (en). e-flux.com (2018-yil 3-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  11. „Urganch galereyasidagi suratlar yo'q qilinadimi?“ (uz-Cyrl). BBC News O'zbek. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  12. „Vyacheslav Akhunov“ (en). Auckland Art Gallery. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  13. „Vyacheslav Axunov bilan bugungi O'zbekiston va ijod haqida suhbat“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  14. „Vyacheslav Oxunov: "ArtWeek Style.uz - Gulnora Karimova uchun hozirlangan tomosha"“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.