Vyacheslav Popov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Vyacheslav Popov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vyacheslav Nikolayevich Popov
Tavallud sanasi 17-fevral 1962-yil (1962-02-17) (62 yosh)
Tavallud joyi Kuybishev, RSFSR
Boʻyi 185 sm
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979 Trubina (Sizran) 20 (0)
1980—1988 Krilya Sovetov 238 (34)
1989—1990 Navbahor 78 (23)
1991 Alga 38 (4)
1992 Uralmash 17 (1)
1993 SKD 24 (5)
1993—1994 Seged 19 (1)
1994 Neftyanik 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vyacheslav Nikolayevich Popov (1962-yil 17-fevralda tugʻilgan, Kuybishev, RSFSR, SSSR) — sovet va rus futbolchisi. Himoyachi sifatida oʻynagan[1].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vyacheslav Popov „Vosxod“ (Kuybishev) yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Proffesional darajadagi faoliyatini 1979-yilda SSSR chempionatining Ikkinchi ligasida Sizranning „Turbina“ jamoasida bosghlagan. 1980-yilda u Kuybishevning „Krilya Sovetov“ klubida oʻynay boshladi va bu jamoada 9 mavsumni oʻtkazdi. Krilya Sovetov jamoasidagi 9 mavsumning 3 tasi SSSR Birinchi Ligasi va 6 tasini Ikkinchi ligasida oʻtkazgan. 1989—1991-yillarda Markaziy Osiyoning „Navbahor“ va „Alga“ klublari safida ham ikkinchi ligada ishtirok etgan. 1989-yilgi mavsumda Oʻzbekiston SSRning „Navbahor“ jamoasi safida toʻp surgan futbolchi 38 ta oʻyinda 15 ta gol urgan va bu uning uchun faoliyatidagi eng yaxshi natija boʻlgan.

1992-yilda Popov Rossiyaning „Uralmash“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U Rossiya chempionatidagi debyutini 29-mart kuni Fakelga qarshi 1-tur uchrashuvida oʻtkazdi[2]. Oʻsha yilning 22-aprel kuni u faoliyatidagi yagona golini Premyer-ligadagi tur oʻyinida SSKA jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan[3]. „Uralmash“ klubi tarkibida oliy ligada jami 17 ta o‘yin o‘tkazgan. 1993-yilda u Samaraga qaytib keldi. Keyinchalik u SKD (ikkinchi ligada), „Neftyanik“ (Poxvistnevo) (uchinchi ligada) va Vengriyaning „Szegedi EAC“ klublarida oʻynagan. U 1994-yilda „Neftyanik“ (Poxvistnevo) jamoasida faoliyatini yakunlagan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Krilya Sovetov
  • Ikkinchi liga gʻolibi (3): 1983 (2-chi zona), 1984 (2-mintaqa), 1986 (2-mintaqa)
  • Ikkinchi ligada uchinchi oʻrin (1): 1988 (2-mintaqa)
Navbahor
  • Ikkinchi ligada 2-oʻrin sohibi (2): 1989 (7-mintaqa), 1990 (Sharqiy zona)
Alga
  • Ikkinchi ligada uchinchi oʻrin (1): 1991 (Sharqiy zona)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Profile by footballfacts.ru“ (Russian). Footballfacts.
  2. „Footballfacts.ru“.
  3. „Footballfacts.ru“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]