Vyacheslav Skoromnov
Vyacheslav Skoromnov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi |
Oʻzbekiston Qatar |
Tavallud sanasi |
1974-yil 2-mart Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Andijon |
Boʻyi | 1.70 m |
Vazni | 81 |
Sport | |
Qaysi sport | Oʻq otish sporti |
Medallar | |
50 m masofadan oʻq otishda oltin medal (Kuala-Lumpur) 2004-yilgi Osiyo oʻyinlari 10 m masofadan pnevmatik miltiqdan oʻq otishda kumush medal (Kuala-Lumpur) |
Vyacheslav Skoromnov (ruscha: Вячеслав Скоромнов; 1974-yil 2-martda Andijonda tugʻilgan) asli oʻzbekistonlik, Qatar terma jamoasida oʻq otish sporti bilan shugʻullangan sportchi. 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻz vatani Oʻzbekiston terma jamoasi nomidan miltiqdan oʻq otish boʻyicha bellashish uchun saralab olingan va Osiyo oʻyinlarigacha boʻlgan yirik xalqaro musobaqalarda jami ikkita – bitta oltin, bitta kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Osiyo oʻyinlarida kuchli oʻntalikdan oʻrin olgan (1998—2014)[1][2]. 2010-yildan beri Qatarning Doha shahrida istiqomat qilayotgan Skoromnov hozirgi kunga kelib oʻq otish boʻyicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun ikki davlat fuqaroligiga ega[2][3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vyacheslav Skoromnov 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida miltiqdan oʻq otish sporti boʻyicha ishtirok etish uchun oʻz vatani terma jamoasi nomidan yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Saralash bosqichida minimal 597 ballni qayd etgan holda Xitoyning amaldagi Olimpiya chempioni Jia Zhanboni bir ochkolik farq bilan quvib oʻtib, oltin medalni qoʻlga kiritgan va Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini beruvchi yana bir kvotani qoʻshib qoʻygan[4][5]. Skoromnov musobaqadagi ishtirokini 10 metrlik masofadan turib pnevmatik miltiqda oʻq otish bilan boshlagan, bu yoʻnalishda jami 600 ta nishondan 592 tasini aniq moʻljalga urgan va uchta sportchi bilan birgalikda oʻn sakkizinchi oʻrinni egallagan[6]. Toʻrt kundan soʻng, Skoromnov 50 metrlik masofadan turib miltiqdan oʻq otish musobaqasining saralash bosqichida 591 ball olishni maqsad qilib qoʻygan, biroq muvaffaqiyatsiz urinishi natijasida 46 ishtirokchi orasida yigirma toʻrtinchi oʻringa tushib ketgan[7]. Oʻzining uchinchi va soʻnggi musobaqasida 50 metrli masofadan turib Skoromnov 3 pozitsiyada, yaʼni egilib oʻq otish bahslarida 394, tik turib oʻq otish bahslarida 380 va tiz choʻkib oʻq otish bahslarida esa 387 ballni qoʻlga kiritgan va jami 1161 ball toʻplab, avstraliyalik ikki karra olimpiachi Timothy Lowndes va Olimpianing kumush medali sovrindori germaniyalik Christian Lusch bilan birgalikda ushbu Olimpiada oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan. Ularga Olimpiadaning final bahslarida ishtirok etish uchun atigi 3 ochko yetmagan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ISSF Profile – Vyacheslav Skoromnov“. ISSF. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 2,0 2,1 „Vyacheslav Skoromnov“. Incheon 2014. 2014-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-sentyabr.
- ↑ „22 Qatari shooters in Gabala World Cup“. Qatar Tribune (2015-yil 6-avgust). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
- ↑ „Узбекистан и Казахстан выясняют отношения в Алматы“ (ru). Gazeta.kz (2004-yil 26-mart). Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Shooting 2004 Olympic Qualification“ (PDF). Majority Sports. 2015-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyul.
- ↑ „Shooting: Men's 10m Air Rifle Prelims“. Athens 2004. BBC Sport (2004-yil 15-avgust). Qaraldi: 2013-yil 31-yanvar.
- ↑ „Shooting: Men's 50m Rifle Prone Prelims“. Athens 2004. BBC Sport (2004-yil 15-avgust). Qaraldi: 2013-yil 31-yanvar.
- ↑ „Shooting: Men's 50m Rifle 3 Positions Prelims“. Athens 2004. BBC Sport (2004-yil 15-avgust). Qaraldi: 2013-yil 31-yanvar.