Kontent qismiga oʻtish

Vyacheslav Tsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vyacheslav Tsoy
Tavalludi 1948-yil 11-yanvar
Vafoti 1995-yil 28-iyul
Sank-Peterburg
Fuqaroligi SSSR, Rossiya
Kasbi aktyor, sportchi, shifokor

Vyacheslav Dinovich Tsoy (1948-yil 11-yanvar, Toshkent viloyati – 1995-yil 28-iyul, Sankt-Peterburg) – jarroh, kinoaktyor, yakkakurash (dzyudo) boʻyicha sport ustasi. Xalqaro jang sanʼatlari akademiyasining asoschisi. Tibbiyot fanlari nomzodi. Qoʻshiqchi Alena Ivantsova bilan turmush qurgan.

Vyacheslav Tsoy 1948-yil 11-yanvarda Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyatida tugʻilgan.

Tsoy 1965-yilda Leningradga koʻchib oʻtgan va u yerda 1-tibbiyot institutini tugatgan. U shahar kasalxonasida, Gripp institutida jarroh boʻlib ishlagan hamda individual tarzda sharq tabobati, jumladan, akupunktur bilan shugʻullangan.

Tsoy karate boʻyicha SSSR chempioni hisoblanadi. Karate boʻyicha Leningradning 3 karra chempioni. 1990-yildan buyon mamlakatda taekvondodan dars bergan va xapkidoni rivojlantirgan. U xapkidoda 6-dan, taekvondoda 5-dan, karateda 4-dan belbogʻlari sohibi boʻlgan edi. Tsoy Rossiyaning Xapkido federatsiyasi, Sharq yakkakurashlari, tibbiyoti markazi hamda Sankt-Peterburgdagi koreys madaniyat markazining prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Vyacheslav Tsoy filmlarda ham mahorat bilan rol oʻynagan[1].

Krasnogvardeyskiy tumanidagi 141-maktab (hozirgi GBOU 141-sonli oʻrta maktab) negizida Jang sanʼati akademiyasiga asos solgan.

Tsoy 1995-yil 28-iyulda Sankt-Peterburgda uzoq masofadan yettita oʻq bilan otib oʻldirilgan[2]. U Sankt-Peterburgdagi Bogoslovskoye qabristoniga dafn qilingan.

Sankt-Peterburgda joylashgan Koreys jang sanʼatlari markazi uning nomi bilan ataladi[3].

1988-yil – Chateau d’If asiri – Li

1988-yil – „Vunderland“ operatsiyasi) – Midzuki

1989-yil – U

1989-yil – Musiqiy oʻyin – Vyacheslav Tsoy

1989-yil – Iskusstvo jit v Odesse – Kitaets

1993-yil – Alyaska bolasi – Jim

Aslida Viktor Tsoy oʻynagan „U“ filmining afishasida Vyacheslav Tsoy aktyorlar orasida yanglishib tilga olingan.