Kontent qismiga oʻtish

Vyursburg maktabi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vyursburg maktabi - 20-asr boshlarida psixologiya va falsafada yuzaga kelgan yoʻnalish. Asoschisi — Vyursburg universiteti (Germaniya) prof. Oswald Külpe. Uning rahbarligida K. Byuler, N. Ax, A. Messer, O. Zels, K. Marbe, G. Uot t kabi taniqli psixologlar ijod etganlar. V. m. vakillari tafakkur va iroda xususiyatlariga taalluqli muammolar bilan mashgʻul boʻlgan. Tadqiqot uslubiyati oʻz-oʻzini eksperimental kuzatishdan iborat. Uning mohiyati qoʻyilgan savollarga sinaluvchi javob berish bilan chegaralanmasdan, balki bu jarayonda yuz bergan his-tuygʻularini ham izohdab berishini taqozo etardi. Eksperiment-tajribalar uchun ataylab mutaxassis psixologlar tanlab olingan. V. m. tafakkurni voqeiy olam hissiy timsoli, nutq bilan bogʻlanmagan ruhiy hodisa sifatida talqin qiladi. V. m. geshtaltpsixologiyagg taʼsir koʻrsatdi. V. m. 1901—09 yillarda faoliyat koʻrsatib, soʻngra tarqalib ketdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil