Kontent qismiga oʻtish

Vyurtsit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vyurtsit (fransuz kimyogari Sh. Vyurts nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi R—ZnS. Sfaleritning polimorf turi. Geksagonal singoniyali. Tolasimon, varaqsimon, yelpigʻichsimon, kollomorf kristallar. Rangi sariq, qoʻngʻir. Yaltiroqligi shishasimon, olmossimon. Qattikdigi 3,5—4. S. ogʻ. 4—4,5. Gidrotermal yertomirlarda hosil boʻladi. Tabiatda kam uchraydi. Oʻzbekistonda V. Novgarzon (Qurama tizmasi)dagi qalay va Uchquloch (Oʻzbekiston gʻarbi)dagi polimetall konlarida topilgan. V. Qozogʻistonda (Qizilespe), Qirgʻizistonda (Karavon), AQShda (GrinRiver) maʼlum. Rux olinadigan ruda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil