Walking Away

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Walking Away“
Craig David qoʻshigʻi
„Born to Do It“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 20-noyabr, 2000-yil(2000-11-20)
Janr R&B
Davomiyligi
  • 3:24 (original versiya)
  • 3:31 (yangi versiya)
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Mark Hill
Craig David xronologiyasi
„7 Days“
(2000)
Walking Away
(2000)
„Rendezvous“
(2001)
Klipi
„Walking Away“ YouTubeda

Walking Away“ (tarjimasi „Tashlab ketyapman“) — ingliz qoʻshiqchisi Craig David ijro etgan qoʻshiq. Uni David Mark Hill bilan hamkorlikda yozgan. Qoʻshiq 2000-yilning 20-noyabrida Davidning „Born to Do It“ nomli ilk studiyaviy albomidagi uchinchi singl oʻlaroq chiqarilgan[1]. Qoʻshiq Buyuk Britaniya xit paradida uchinchi, Yangi Zelandiya xit-paradida esa birinchi pogʻonaga koʻtarildi. Yangi Zelandiya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of New Zealand) maʼlumotlariga koʻra, „Walking Away“ 2001-yil mamlakatdagi eng muvaffaqiyatli qoʻshiq boʻlgan[2].

2008-yil Davidning eng yaxshi xitlari toʻplangan „Greatest Hits“ terma albomi uchun „Walking Away“ qoʻshigʻining yangi versiyasi yozilgan. Mazkur versiya bir necha tilda kuylangan: David Lynnsha bilan fransuz tilida, Nek bilan italyan tilida, Álex Ubago bilan esa ispan tilida kuylagan. Monrose nemis guruhi esa yangi versiyada qoʻshiqni nemis tilida emas, balki David bilan bir qatorda ingliz tilida kuylagan.

Klipi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq uchun uch xil klip suratga olingan. Yevropa uchun hozirlangan video David qiz doʻsti bilan mashinasida janjallashayotganidan boshlanadi. David radioni yoqadi va qoʻshiq boshlanadi. Oradan koʻp oʻtmay David mashinadan tushadi. Video davomida manzara tinmay oʻzgarib turadi. Mazkur versiyaga Max & Dania rejissorlik qilgan.

AQSh uchun olingan klip esa akapella bilan boshlanadi. Videoda David hayotidagi muammolarni, jumladan, suv bosgan kvartirasi, mashinasida chiqqan yongʻin, poyezd stansiyasidagi elektr toki muammolari hamda tornadoni „tashlab ketayotgani“ aks etgan.

Qoʻshiqning 2008-yil yozilgan turli tillardagi yangi versiyasi uchun oq-qora kliplar olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Destiny Get in David's Way“. NME (20-noyabr 2000-yil). Qaraldi: 7-iyun 2021-yil.
  2. „End of Year Charts 2001“. Recorded Music NZ. Qaraldi: 10-fevral 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]