Walt Whitman
UITMEN (Whitman) Uolt (181931.5, UestXils, Xantington, NyuYork shtati— 1892. 26.3, Kamden, NyuJersi shtati) — amerikalik shoir[1]. U o'zining Ijodida demokratik ideallarni mujassamlashtirgan. Uning „Maisa yaproqlari“ (1855-1891) toʻplamiga shoirning eng yaxshi asarlari kiritilgan. Bu asarning asosiy gʻoyalari transsendentalizm taʼlimoti bilan bogʻliq: koinotning uzviyligi (garmoniyasi), doʻstlik qadriyatlari, insoniyat birdamligi, cherkov aqidalariga qarshi isyon va boshqa „Yangra, nogʻora!“ (1865) deb nomlangan sheʼriy toʻplami esa Ikkinchi jahon urushiga bagʻishlangan. Koʻpgina olimlar uni dunyo demokratiyasi shoiri deb taʼriflashgan. Uning sheʼrlarida ijodkor xalqning kelajakda mukammal demokratik jamiyat qurishiga ishonch ohanglari yangraydi. uning sheʼriyatga yangi mazmun va yangi shakl zarurligi haqidagi fikrlari „Koʻrgazma haqida qoʻshiq“ (1871) nomli dostonida oʻz aksini topgan[2]. Qolaversa, u oʻz sheʼriyatining asosiy maqsadini barcha xalqlarning tengligi va qardoshligini kuylash deb taʼkidlagan. Yozuvchi oʻz ijodida yangi, yosh millat shakllanishini aks ettirishga harakat qilgan. Bundan tashqari, Uitmen dadil novator boʻlgan hamda sheʼrga prozaik nutq unsurlarini olib kirgan. Yozuvchi vaznsiz va qofiyasiz erkin sheʼrni yanada takomillashtirgan. Uitmenning nasri ham uning sheʼriyati bilan bogʻliq. Nasriy asarlarida ham butun insoniyat birligi g'oyalarini ilgari surgan, fan va texnika taraqqiyotiga optimistik nazar bilan qaragan. Uning ayrim sheʼrlari Aziz Sayid tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan[3].
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Benediktova T.D., Poeziya Uolta Uitmena, M, 1982; Chukovskiy K.I., Moy Uitmen, M., 1969; Mendelson M., Jizn i tvorchestvo Uitmena, M., 1969.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ „Walt Whitman“. Qaraldi: 5-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „Walt Whitman“. Qaraldi: 5-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „Walt Whitman“. Qaraldi: 5-sentyabr 2024-yil.