Kontent qismiga oʻtish

Wang Qiang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wang Qiang
汪强
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wang Qiang
Tavallud sanasi 23-iyul 1984-yil (1984-07-23) (40 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2003 Changsha Ginde
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2010 Changsha Ginde 151 (7)
2011—2015 Shandong Luneng 61 (3)
2016—2018 Beijing Renhe 45 (2)
Milliy terma jamoa
2009—2011 Xitoy 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 11-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2012-yil 16-oktyabr uchun)

Wang Qiang (talaffuzi: Van Syan) (1984-yil 23-iyulda tugʻilgan) — Xitoy terma jamoasi futbolchisi, himoyachi. Wangning akasi Wang Gang ham futbolchi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wang Qiang oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2003-yilgi liga mavsumida yuqori diviziondagi Shenyang Gindeda himoyachi sifatida boshlagan va 2005-yilgi liga musobaqasida jamoa uchun 21 liga oʻyinida maydonga tushgan[1]. Shenyang Ginde 2006-yilgi Xitoy Superligasi mavsumining koʻp qismida jamoasining quyi ligaga tushib ketishga qarshi kurashgan. Wan Qiang jamoadagi oʻz mavqeini mustahkamlay olgan va 2006-yilning 22-iyulida mavsum davomida „Inter Xian“ga qarshi ligadagi birinchi golini urgan[2]. 2007-yilgi liga mavsumi boshida Shenyang Ginde Changshaga koʻchib oʻtgan va oʻz nomini Changsha Ginde deb oʻzgartirgan, Wang Qiang jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻlib qolgan va jamoaga ligadagi oʻyinlarda gʻalaba qozonishga yordam bergan, shu tariqa liga jadvalidagi oʻrinlarini yaxshilshga yordam bergan10[3]. Jamoaning markaziy himoyasida doimiy oʻyinchi boʻlgan Wang keyingi mavsumda klub sardori lavozimiga koʻtarilgan, ammo uning sardorlik faoliyati klub tarixidagi eng yomon mavsumga toʻgʻri kelgan va Xitoy Superligasining 2010-yil mavsum yakunida klub quyi ligaga tushib ketgan[4]. 2011 yilgi liga musobaqasi boshlanishidan oldin liga chempioni Shandong Luneng Wangni 5 million yuanga sotib olgan[5].

2015-yil dekabr oyida Wang Xitoyning Birinchi Liga jamoasi Beijing Renhega ikki yillik shartnoma bilan erkin agent sifatida oʻtgan[6]. U klub bilan shartnomasini 2017-yilning 31-dekabrida Beijing Renhe Xitoy Superligasiga chiqqanidan keyin uzaytirgan[7].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wang Qiang xalqaro maydondagi debyutini 2009-yilning 18-iyulida Falastinga qarshi o‘tkazgan va bu oʻyinda Xitoy 3:1 hisobida g‘alaba qozongan[8]. Oʻsha oʻyindan soʻng u milliy terma jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylangan va 2011-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan jamoaga chaqirilgan. Bu musobaqaga qadar Wang 2010-yilgi Sharqiy Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibiga kiritilgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Xitoy Liga FA Kubogi CSL Kubogi Osiyo FA Super Kubogi Jami
2003 Shenyang Ginde / Changsha Ginde Jia-A Ligasi / CSL 1 0 0 - - - 1 0
2004 12 0 0 0 - - 12 0
2005 21 0 0 2 1 - - 23 1
2006 22 2 0 - - - 22 2
2007 19 0 - - - - 19 0
2008 24 2 - - - - 24 2
2009 28 3 - - - - 28 3
2010 29 0 - - - - 29 0
2011 Shandong Luneng 17 0 0 0 - 2 0 - 19 0
2012 21 1 3 1 - - - 24 2
2013 3 0 2 0 - - - 5 0
2014 8 0 3 0 - 1 0 - 12 0
2015 12 2 3 0 - 3 0 1 0 19 2
2016 Guizhou Renhe / Beijing Renhe Xitoy Birinchi Ligasi 21 3 0 0 - - - 21 3
2017 23 0 0 0 - - - 23 0
2018 CSL 1 0 0 0 - - - 1 0
Jami Xitoy 262 13 11 1 2 1 6 0 1 0 282 15

Shandong Luneng Taishan

  • Xitoy FA kubogi : 2014[9]
  • Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil

Xitoy milliy futbol jamoasi

  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
  1. „Wáng, Qiáng“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
  2. „外援维森特染红 沈阳2-1击碎西安十轮不败金身“. sports.sohu.com (2006-yil 22-iyul). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
  3. „China 2007“. www.rsssf.com (2008-yil 18-aprel). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
  4. „China 2010“. www.rsssf.com (2012-yil 21-iyun). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
  5. „汪强转投鲁能褒贬不一 豪门深似海铁卫需过考验“. sports.163.com (2010-yil 25-noyabr). 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
  6. 汪强离队确认加盟人和 盼与新东家一起冲回中超 at sports.sohu.com 2015-12-11 Retrieved 2015-12-14
  7. „人和官方宣布续约韩鹏汪强:加油两位"小将"!“. Sina (2017-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
  8. „国足3-1巴勒斯坦 曲波郜林进球杨智红牌 图 评“. sports.sohu.com (2009-yil 18-iyul). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
  9. „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (2014-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.