Wayne Cegielski
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Wayne Cegielski[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-yanvar 1956-yil | ||
Tavallud joyi | Bedwellty, Uels | ||
Boʻyi | 1.85 m[2] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Tottenham Hotspur | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1973—1975 | Tottenham Hotspur | 0 | (0) |
1974—1975 | → Northampton Town (ijara) | 11 | (0) |
1975—1976 | Stuttgarter Kickers | 5 | (0) |
1976 | Tacoma Tides | ||
1976—1982 | Wrexham | 123 | (0) |
1982—1985 | Port Vale | 92 | (5) |
1985 | Blackpool | 6 | (1) |
1985—1987 | Hereford United | 50 | (2) |
1987 | Tegs SK | 8 | (0) |
1987 | Worcester City | 10 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1976—1977 | Uels U21[3] | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Wayne Cegielski (talaffuzi: Ueyn Segelski; 1956-yil 11-yanvarda tugʻilgan) — Uels U21 terma jamoasining sobiq futbolchisi. Angliya Futbol Ligasida oʻn uch yillik faoliyati davomida 282 ta oʻyin oʻtkazgan.
1974-yilda „Tottenham“ safida yoshlar oʻrtasidagi Angliya kubogi gʻolibi boʻlgan. „Northampton Town“da ijara asosida oʻynagan Cegielski 1975-yilda Germaniyaning „Stuttgarter Kickers“ jamoasiga oʻtgan[4]. 1976-yilda Uelsning „Wrexham“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 1979-yilda jamoasi bilan Uels kubogi finaliga chiqqan. 1982-yil iyul oyida Port Vale bilan shartnoma imzoladi va 1982—1983-yillarda Toʻrtinchi divizionga koʻtarilishdi. Shuningdek, klubning yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan. 1985-yilda „Blackpool“ga qoʻshildi. Oxirgi klubi Nortwich Viktoria edi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cegielski oʻz faoliyatini „Tottenham“ da 1973-yil may oyida boshlagan va jamoa iblan 1974-yilda Angliya kubogi gʻolibi boʻlgan. Keyin toʻrtinchi divizion vakili Northampton Townga ijaraga berildi. Bill Dodginning „Kobberler“ jamoasi safida oʻn bitta liga oʻyinini oʻtkazdi.
1976-yil sentyabr oyida John Neal tomonidan boshqariladigan Uchinchi divizion vakili Wrexham bilan shartnoma tuzdi. „Qizil ajdarlar“ 1976—1977-yillarda koʻtarilgan „Crystal Palace“dan bir ochko ortda qolgan holda beshinchi oʻrinni egalladi. Arfon Griffiths 1977—1978-yilgi mavsumda boshqaruvni oʻz qoʻliga oldi va Wrexham 61 ochko bilan diviziyada birinchi oʻrinni egalladi. Wrexham 1978—1979-yillarda ham ikkinchi diviziondagi darajasini saqlab qoldi va Uels kubogi finaliga chiqqandan soʻng Yevropa kubogi gʻoliblari kubogi (Super kubok) ga yoʻllanma oldi va Shrewsbury Townga yutqazdi. 1980—1981-yillarda atigi ikki ochko farqi bilan quyi ligaga tushib qolishdan saqlanishdi. Mel Sutton 1981—1982-yilgi mavsumda bosh murabbiy boʻldi
Cegielski 1985-yilning mart oyida tekinga Blackpoolga oʻtdi. Sam Ellis klubi safida oltita oʻyinda bitta gol urdi — 1985-yil 9-aprelda Bloomfield Roadda Crewe Alexandraga qarshi 6:1 hisobidagi gʻalabali „Blackpool“ning birinchi goli. „Mandarinlar“ toʻrtinchi divizionda ikkinchi oʻrinni egalladi
Keyin Hereford Unitedda menejer Johnny Newman bilan bogʻlandi va klub bilan liga va kubokda jami 66 oʻyin oʻtkazdi. Keyin Cegielski ligaga kirmaydigan „Worcester City“ga oʻtdi. Keyinchalik Northwich Victoriada oʻynadi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manba:[5]
Klub | Mavsum | Diviziya | Liga | FA kubogi | Boshqa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
Tottenham Hotspur | 1973—1974 | Birinchi divizion | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
1974—1975 | Birinchi divizion | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
Northampton Town (ijara) | 1974—1975 | Toʻrtinchi divizion | 11 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 11 | 0 |
Wrexham | 1976—1977 | Uchinchi divizion | 9 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 |
1977—1978 | Uchinchi divizion | 9 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 13 | 0 | |
1978—1979 | Second Division | 29 | 0 | 3 | 1 | 2 | 0 | 34 | 1 | |
1979—1980 | Ikkinchi divizion | 3 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | |
1980—1981 | Ikkinchi divizion | 38 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 43 | 0 | |
1981—1982 | Ikkinchi divizion | 35 | 0 | 4 | 0 | 5 | 0 | 44 | 0 | |
Jami | 123 | 0 | 16 | 1 | 11 | 0 | 150 | 0 | ||
Port Vale | 1982—1983 | Toʻrtinchi divizion | 45 | 5 | 1 | 0 | 2 | 0 | 48 | 5 |
1983—1984 | Third Division | 39 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 44 | 0 | |
1984—1985 | Toʻrtinchi divizion | 8 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 10 | 0 | |
Jami | 92 | 5 | 2 | 0 | 8 | 0 | 102 | 5 | ||
Blackpool | 1984—1985 | Toʻrtinchi divizion | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 |
Hereford United | 1985—1986 | Toʻrtinchi divizion | 32 | 2 | 2 | 0 | 8 | 0 | 42 | 2 |
1986—1987 | Toʻrtinchi divizion | 18 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 19 | 0 | |
Jami | 50 | 2 | 2 | 0 | 9 | 0 | 61 | 2 | ||
Jami faoliyati | 282 | 8 | 20 | 1 | 28 | 0 | 330 | 9 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Individual
- Port Vale FK yilning eng yaxshi futbolchisi: 1982—1983[6]
Tottenham Hotspur
- FA yoshlar kubogi: 1974-yil
Wrexham
- Futbol ligasi uchinchi divizioni: 1977—1978
- Uels kubogi sohibi: 1979-yil
Port Vale
- Futbol ligasi toʻrtinchi divizioni uchinchi oʻrin: 1982—1983[7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Andoza:Hugman
- ↑ „Wayne Cegielski“. worldfootball.net. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
- ↑ „International stats“. 11v11.com. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Cegielski, Wayne“ (olmoncha). kicker.de. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
- ↑ „WAYNE CEGIELSKI“. neilbrown.newcastlefans.com. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
- ↑ Kent, Jeff. The Valiants' Years: The Story Of Port Vale. Witan Books, 1990 — 305-bet. ISBN 0-9508981-4-7.
- ↑ Kent, Jeff „From Rags to Riches (1979—1990)“, . The Valiants' Years: The Story Of Port Vale. Witan Books, 1990 — 258–290-bet. ISBN 0-9508981-4-7.