Wei Yi
Wie Yi | |
---|---|
Wei Yi xitoyliy grossmeyster | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Jiangsu, Xitoy |
Tavallud sanasi |
1999-yil 2-iyun Xitoy |
Sport | |
Qaysi sport | Shaxmat |
Wei Yi (1999-yil 2-iyunda tugʻilgan) – xitoylik shaxmat grossmeysteri.
Wei 13 yosh 8 oy 23 kunligida grossmeysterlik unvonini qoʻlga kiritdi. Bu tarixdagi eng yosh 9-grossmeystr unvoni edi[1][2]. U 2700 reytingga erishgan eng yosh shaxmatchi boʻlib, 15 yoshida bu muvaffaqiyatga erishdi [3] [4] Vey Xitoy shaxmat ligasida Jiangsu klubini himoya qiladi va shaxmat boʻyicha uch karra Xitoy chempioni, shuningdek, shaxmat boʻyicha 2018 yilgi Osiyo chempioni hisoblanadi. [5]
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolalik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilda Wei 8 yoshida shaxmat boʻyicha Xitoy chempionatining B guruhida qatnashib, grossmeyster Zhou Jianchaoga qarshi durang natijani qayd etgan[6].
2009-yilda Wei Yi Gretsiyaning Saloniki shahrida boʻlib oʻtgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi 5-jahon shaxmat chempionatining 11 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar bahsida gʻolib boʻldi[7].
2010-yilda u shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 12 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqada gʻolib chiqdi[8]. Shundan soʻng yoshlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ham xuddi shu toifada gʻolib chiqdi[9].
2012 yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avgust oyida u Afinada oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida grossmeystr normasini bajaradi. Ushbu turnirda Richárd Rapport ustidan gʻalaba qozondi. Yakunda turnir gʻolibi boʻlgan Alexander Ipatov bilan durang taijani qayd etadi[10].
Shu yilning oktyabr oyida u Shaxmat boʻyicha Indoneziya ochiq chempionatida Michal Krasenkow va Sergey Fedorchuk ustidan gʻalaba qozondi[11].
2013-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fevral oyida u Reykjavik ochiq chempionatida 7½/10 ballni qoʻlga kiritdi. Maxime Vachier-Lagrave ustidan gʻalaba qozongan Wei yakunda 6-oʻrinni egalladi[12].
Avgust oyida Yi Tromsøda boʻlib oʻtgan FIDE Jahon kubogida debyut qildi. Shunda u FIDE prezidenti nomzodlaridan biri edi. Wei birinchi raundda Ian Nepomniachtchi, ikkinchi raundda Alexei Shirovni, uchinchi raundda Shakhriyar Mamedyarovni nokautga uchratdi[13].
Noyabr oyidagi FIDE reytingida 14 yosh 4 oy va 30 kunlik boʻlgan Wei 2604 reytingga erishdi va shu tariqa tarixda 2600dan yuqori reytingga erishgan eng yosh shaxmatchiga aylandi. Shu tariqa Wesley Soga tegishli rekordni yangiladi[6].
2014-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iyun oyida Wei Yi finalda Francisco Vallejo Ponsni magʻlub etib, León rapid turnirida gʻolibi boʻldi[14].
Avgust oyida u Tromsødagi 41-shaxmat Olimpiadasida Xitoy sharafini himoya qildi. Yi 4/5 hisobni qayd etib, Xitoy terma jamoasining oltin medalni qoʻlga kiritishiga yordam berdi[15][16].
Oktyabr oyida Hindistonning Pune shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Lu Shangleidan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi[17].
2019-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil dekabr oyida Wei Yi FIDE Grand Prix 2019 nufuzli turnirining toʻrtinchi bosqich finaliga chiqdi (yarim finalda Devid Navarani tay-breklarda magʻlub etdi). Soʻnggi raundda Ian Nepomniachtchiga yutqazib, turnirda umumiy hisobda oltinchi oʻrinni egalladi.
2022-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wei Yi FTX Road to Miami turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi. Finalda Levon Aronianga magʻlub boʻldi[18].
Wei ishtirokidagi yirik oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vey Yi Lazaro Bruzon Batistaga qarshi, 6-Xaynan Danchjou (2015) . Bu Edvard Lasker va Ser Jorj Tomas oʻrtasidagi 1912-yilgi mashhur oʻyinni ezlatuvchi „Oʻn yillik oʻyini“ deb taʼriflangan[19].
- Vey Yi vs. Anne Xaast, Tata Steel guruhi B (2015)
- Vey Yi vs. Aleksey Shirov, JCh-2013
- Vey Yi vs. Sergey Karjakin, Tata Steel-Masters 2017
Talabalik hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilda Wei Xitoydagi nufuzli Tsinghua universitetining Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetiga talaba sifatida qabul qilindi[20].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Wei Yi has become the youngest GM in the world“. ChessBase (2013-yil 1-mart). Qaraldi: 2013-yil 13-avgust.
- ↑ „Certificate of Title Result (Reykjavik 2013)“. FIDE. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
- ↑ „March 2015 ratings: After 26 years, Yifan no.1“. ChessBase (2015-yil 28-fevral). Qaraldi: 2016-yil 18-yanvar.
- ↑ „Wei Yi Wins in Danzhou, Climbs to World #14“.
- ↑ Chinese Chess League: Wei Yi OlimpBase
- ↑ 6,0 6,1 „Wei Yi: youngest 2600+ GM ever“. ChessBase (2013-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
- ↑ 5th WORLD SCHOOL CHESS CHAMPIONSHIP OPEN UNDER 11.
- ↑ „Asian Youth Chess Championship 2010 U12“. Chess-Results. Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
- ↑ „World Youth Chess Championship 2010 Open Under 12“. Chess-Results. Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
- ↑ „Certificate of Title Result (Athens 2012)“. FIDE. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
- ↑ „Certificate of Title Result (Indonesia 2012)“. FIDE. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
- ↑ „Wei Yi at Reykjavik Open 2013“. Chess-Results. Qaraldi: 2015-yil 3-may.
- ↑ „Chess World Cup 2013: Pairings & Results“. 2013-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-avgust.
- ↑ „Leon Final: Wei Yi wins on tiebreaks“. ChessBase (2014-yil 10-iyun). Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.
- ↑ „Olympiad 2014 Open: Chinese team composition with round-results“. Chess-Results. Qaraldi: 2014-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Olympiad 2014 Open: final ranking after 11 rounds“. Chess-Results. Qaraldi: 2014-yil 7-sentyabr.
- ↑ „World Junior Chess Championship 2014: final standing“. Chess-Results. Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
- ↑ Doggers (PeterDoggers). „Levon Aronian Wins FTX Road To Miami“ (en-US). Chess.com. Qaraldi: 2023-yil 1-may.
- ↑ Hainan Danzhou and Wei Yi’s immortal game, Chessbase, 7 April 2015
- ↑ „韦奕:六年超霸战对我帮助很大 祝学弟柯洁早毕业“. sports.sina.com.cn (2019-yil 2-iyul).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shaxsiy sahifasi FIDE saytida
- Partiya Chessgames.com saytida(ingl.)
- Shaxsiy sahifasi 365chess.com saytida(ingl.)