Kontent qismiga oʻtish

While My Guitar Gently Weeps

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„While My Guitar Gently Weeps“
The Beatles qoʻshigʻi
„The Beatles“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 22-noyabr, 1968-yil(1968-11-22)
Yozib olingan 5–6-sentyabr 1968-yil[1]
Studiya EMI, London
Janr
Davomiyligi 4:46
Leybl Apple
Matn muallif(lar)i George Harrison
Prodyuser(lar) George Martin
Klipi
„While My Guitar Gently Weeps“ YouTubeda

While My Guitar Gently Weeps“ (tarjimasi „Gitaram ohista yigʻlar ekan“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1968-yil eʼlon qilingan „The Beatles“ („Oq albom“ deb ham nomlanadi) nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. Qoʻshiqni George Harrison yozgan va ijro etgan. Qoʻshiqda Harrison dunyoda umumbashariy muhabbatga boʻlgan qobiliyat amalga oshmay qolayotganidan xoʻrsinadi. Shuningdek, taronada guruh 1968-yilda Hindistondan qaytib kelganidan keyin aʼzolar oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarga toʻxtalib oʻtilgan.

Harrison qoʻshiqni guruh aʼzolariga taqdim etganida ular dastlab qiziqish koʻrsatishmagan. Natijada Harrison doʻsti taniqli gitarachi Eric Claptonni ashulani yozib olish jarayoniga jalb qilgan. Qoʻshiq relizlarida Clapton qoʻshga hissa rasman koʻrsatilmagan[5]. Harrison qoʻshiqni dastlab akustik gitara hamda fisgarmoniya joʻrligida ijro etgan. Mazkur versiya „Anthology 3“ (1996) terma albomiga kiritilgan. Shuningdek, ushbu versiya George Martin aranjirovkasi bilan „Love“ (2006) albomiga kiritilgan. Barcha guruh aʼzolari ishtirokidagi versiya 1968-yilning sentyabrida yozib olingan. Mazkur versiya xard-rok uslubida boʻlib, Harrison 1960-yillarning yakunida Clapton bilan hamkorlikda yozgan bir necha kompozitsiyaning biridir.

„While My Guitar Gently Weeps“ eʼlon qilinishi ortidan bir necha tanqidchi uni yuqori baholagan. Tahlilchilar mazkur tarona Harrison John Lennon hamda Paul McCartney yonida qoʻshiqnavis sifatida malakasi oshib borganidan dalolat berishini xulosa qilishgan. Qoʻshiq „Rolling Stone“ jurnalining tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida 136-, ayning jurnalning „Tarixdagi eng yaxshi 100 gitara qoʻshigʻi“ roʻyxatida 7-, „Eng yaxshi 100 Beatles qoʻshigʻi“ roʻyxatida esa 10-oʻringa qoʻyilgan. Claptonning ijrosi esa „Guitar World“ jurnali 2008-yilda tuzgan „100 eng yaxshi gitara solosi“ roʻyxatida 42-oʻrinni egallagan. Harrison bilan Clapton qoʻshiqni bir necha marta hamkorlikda jonli ijro etgan. Ikkisi ijrolari „Concert for Bangladesh“ (1971) hamda „Live in Japan“ (1992) albomlaridan joy olgan. 2002-yil, yaʼni Harrison vafotidan bir yil oʻtib uyushtirilgan „Concert for George“ konsertida Clapton qoʻshiqni McCartney va Ringo Starr bilan ijro etgan.

  1. Lewisohn 2005, ss. 153–54.
  2. MacDonald 2005, s. 300.
  3. Riley 2002, s. 268.
  4. Wyman, Bill „All 213 Beatles Songs, Ranked From Worst to Best“ (inglizcha). Vulture (2017-yil 7-iyun). Qaraldi: 2022-yil 28-oktyabr.
  5. Lewisohn 2005, s. 154.