WikiProject Medicine
VikiProject Medicine — Vikipediyaning inglizcha boʻlimi loyihasi va ushbu loyihaga kiritilgan tibbiy maqolalar uchun umumiy nom hisoblanadi. WikiProject Medicine — bu tibbiy maqolalarni yaratish va rivojlantirishga hissa qoʻshadigan muharrirlar hamjamiyati hisoblanadi[1][2]. Loyiha 2004-yilda shifokorlar va boshqa tibbiyot mutaxassislaridan iborat koʻngillilar guruhi tomonidan tibbiyot mavzusidagi maqolalarni takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan[3]. Tahrirlovchilar uchun WikiProject Medicine nufuzli manbalarni tanlash va tibbiyot mavzusiga oid maqolalar yozish boʻyicha koʻrsatmalar va siyosatlar toʻplamini taqdim etadi[4]. Loyiha inglizcha Vikipediyadagi 800 ga yaqin faol vikilardan biri boʻlib, uning vazifasi muayyan mavzu boʻyicha tahrir qilishga qiziqqan muharrirlarni birlashtirishdan iborat[5].
Vikipediyaning tibbiy maʼlumotlar nuqtai nazaridan kamchiligi shundaki, har kim notoʻgʻri maʼlumot qoʻshishi mumkin. Baʼzi shifokorlar Vikipediyani ishonchsiz manba deb bilishadi, biroq ayni paytda tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Vikipediya koʻpchilik tomonidan qoʻllanadi. Vikipediyadagi xatolarni tuzatish, yuz millionlab odamlarni undan foydalanmaslikka ishontirishdan ko‘ra osonroq ekanligi taʼkidlangan. Shu bilan birga, baʼzilar Vikipediyaga tegishli ilmiy jurnallarda iqtibos keltiradilar va 2014-yilda Denge isitmasi boʻyicha ingliz tilidagi maqola Open Medicine jurnalida chop etilgan[3][6]. Umuman olganda, Vikipediyaning ingliz tilidagi boʻlimida tibbiy mavzular boʻyicha maʼlumotlar sifati asosan yaxshi deb baholanadi[7].
WikiProject Medicine maqolalari sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari va keng jamoatchilik tomonidan sogʻliqni saqlash maqsadida keng qoʻllanadi. Oʻquvchilar uchun Vikipediya allaqachon sogʻliqni saqlash sohasidagi bilimlarning yetakchi manbasiga aylandi. Izohlardagi yordamchi havolalar oʻquvchilar tomonidan maʼlumotni batafsilroq oʻrganish, bemorlarga tashxisni tushunishga yordam berish va shifokorlar bilan yanada konstruktiv muloqot qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bunday tashqi havolalar tadqiqot adabiyotlari bilan yaxshi tanish boʻlgan va dalillarga asoslangan tibbiyot sohasida yaxshi bilimga ega boʻlishi kerak boʻlgan talabalar va amaliyotchilar uchun ham dolzarbdir[4].
Vikipediya tibbiyot nuqtai nazaridan ham oʻqitish yoki talabalar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni taʼminlash vositasi sifatida qaraladi[4]. 2011-yil Vikipediyani tahrirlash uchun birinchi alohida topshiriq berilgan[1]. Baʼzi tibbiyot maktablari Vikipediyani tahrirlash boʻyicha kurslarni joriy qilmoqda[4]. Shu bilan birga, 2015-yilgi soʻrov natijalariga koʻra, tibbiyot maktablarining deyarli barcha talabalari Vikipediyada xatolarni topdilar, bu talabalarning yarmidan koʻpi maʼlumotni qanday tuzatishni ammo bilismagan[8].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loyiha 2004-yilda tibbiyot fanlari doktori Jeykob de Vulf tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning maqsadi jamiyat qurish, eng muhim maqolalarni aniqlash va ularni sifatli holatga keltirish deb qaralgan[9][5]. Keyingi yillarda muharrirlar uchun uslubiy va axborot manbalarini tanlash boʻyicha koʻrsatmalar ishlab chiqildi[9]. 2012-yilda Wiki Project Med Foundation notijorat tashkiloti tashkil etildi[5]. Uning maqsadi loyiha ishini qoʻllab-quvvatlash boʻlgan[9]. Tashkilot turli milliy va xalqaro tashkilotlar, jumladan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, AQSh Milliy tibbiyot kutubxonasi, Buyuk Britaniyaning saraton tadqiqotlari va Cochrane hamkorligi bilan aloqalarni rivojlantirdi. 2016-yil holatiga koʻra, loyihada allaqachon 600 dan ortiq ishtirokchi bor edi, lekin ularning aksariyati faol emas edi, bu esa soʻnggi olti oy ichida loyihada tahrirlar yoʻqligi bilan tavsiflanadi[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 {{{заглавие}}}(ingl.).
- ↑ {{{заглавие}}}(ingl.).
- ↑ 3,0 3,1 {{{заглавие}}}(ingl.).
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 {{{заглавие}}}(ingl.).
- ↑ 5,0 5,1 5,2 {{{заглавие}}}(ingl.).
- ↑ James M. Heilman, Jacob De Wolff, Graham M. Beards, Brian J. Basden. Dengue fever: a Wikipedia clinical review(ingl.) // Open Medicine: A Peer-Reviewed, Independent, Open-Access Journal. — 2014. — Vol. 8, iss. 4. — P. e105–115. — ISSN 1911-2092.
- ↑ Dariusz Jemielniak, Gwinyai Masukume, Maciej Wilamowski. The Most Influential Medical Journals According to Wikipedia: Quantitative Analysis(ingl.) // Journal of Medical Internet Research. — 2019. — 18 January (vol. 21, iss. 1). — P. e11429. — ISSN 1438-8871. — DOI:10.2196/11429. — Andoza:PMID. Архивировано 29 avgust 2022 года.
- ↑ {{{заглавие}}}.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 {{{заглавие}}}.