Wilhelmine Ring
Wilhelmine Ring (talaffuzi: Wilhelme g'ing) bu Berlinning eski shahar qismi markazi atrofida XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan, oʻziga xos, koʻp xonadonli, ijaraga beriladigan bino nomidir. Ushbu bino hovlisi atrofidagi, yon va orqa qismida joylashgan toʻrt-besh qavatli zich turar-joy binolari bilan ajralib turadi. Bino dizayni nemis monarxlari Wilhelm I va Wilhelm II davrining shaharsozlik yechimining kelib chiqish davrini aks ettiradi.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wilhelmine Ring Berlin kichik tumanlari Wedding, Gesundbrunnen, Prenzlauer Berg, Friedrichshain, Kreuzberg, Neukölln, Schöneberg, Tiergarten, Moabit va Charlottenburgning yirik qismlarini oʻz ichiga oladi. Bino 1860-yillarda olib tashlangan Berlin bojxona devori va shaharni oʻrab olish uchun 1867—1877-yillarda qurilgan temir yoʻl liniyasi oʻrtasidagi uncha rivojlanmagan hududda barpo boʻlgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIX asrning ikkinchi yarmida Germaniyada keng koʻlamli sanoatlashtirishning boshlanishi ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojni keltirib chiqaradi. Bu esa yangi ish joylarini topish mumkin boʻlgan Berlindek shaharni tayyor ishchi kuchi boʻlgan qishloq aholisining katta koʻchishi orqali qondiradi. Tezlik bilan oʻsayotgan ishchi kuchi uchun yangi fabrikalar yaqinida turar-joy binolari kerak edi. Biroq, bu uchun eski shahar chegaralarida boʻsh joy boʻlmagan[2].
1861-yilda qoʻshni aholi punktlarining keng koʻlamli qoʻshilishi Berlin maydonini qariyb 70 foizga kengaytirdi. Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, oʻsha yili shaharda 547 571 kishi yashagan. Keyingi 30 yil ichida shaharda aholi deyarli uch baravar koʻpayadi. Ammo, shahar maydoni unchalik darajada oshmaydi. Yangi uy-joylar qurishni rejalashtirish 1862-yilda James Hobrecht tomonidan amalga oshirilgan boʻlib, „Berlin atrofini rivojlantirish rejasi“ nomi ostida endigina kengaytirilgan shahar chegarasidan ancha oshib ketadigan hududni oʻz ichiga olgan. U nisbatan katta blok oʻlchamlari boʻlgan halqa va radial koʻchalar tarmogʻini oʻz ichiga oladi[3].
-
Sophie-Charlotten-Strasse 88, Berlin, 1892-yil
-
Kastanienallee 12, Berlindagi binoda bir-biriga bog'langan ichki hovlilarga ega orqa qanotlarning ketma-ketligi
-
Heinrich Zille (1858—1929) chizgan rasm
-
Berlin-Kreuzbergdagi odatiy Wilhelmine Ring turar-joy binosi, 2010-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Die Stadtbahn in Berlin: Planung, Bau, Auswirkung, Falko Krause, Diplomica Verlag Hamburg 2014
- ↑ Harald Bodenschatz, Auf dem Weg zur Mietkasernenstadt?, pp 297-308 in Berlin, 19. Jahrhundert: Ein Metropolen-Kompendium, Roland Berbig et al., Akademie Verlag Berlin 2011
- ↑ James Hobrecht und Berlin, Hans Stimmann, in 150 Jahre Metropole Berlin,Susanne Kähler et al., Elsengold Verlag Berlin 2015