Kontent qismiga oʻtish

Willem Barentsz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Barens Billem (taxminan 1550, Amsterdam1597, 20-iyun, Novaya Zemlya oroli) — golland dengizchi sayyohi va qutb oʻlkalari tadqiqotchisi. 1594-1597-yillarda Atlantika okeanidan Tinch okeanga boradigan shimoliy-sharqiy suv yoʻlini qidirib topish maqsadida Shimoliy Muz okeaniga yuborilgan uchta ekspeditsiyaga rahbarlik qildi. 1596-97-yillarda Barens ekspeditsiyasi Medvejiy va Shpitsbergen orollarini takror kashf etdi. Barens oʻz kuzatishlariga asoslanib Novaya Zemlya orolarining xaritasini tuzdi, birinchi marta oʻsha yerda yil davomida meteorologik kuzatishlar olib bordi, kema kursi boʻylab dengiz chuqurliklarini oʻlchadi. Barens Billem kemasi suzib oʻtgan dengiz, Shpitsbergen arxipelagidagi bir orol va Gʻarbiy Shpitsbergen orolidagi shaharcha va Barents port uning nomi bilan atalgan. Novaya Zemlya orolida dafn qilingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil