William Baffin
Qiyofa
William Baffin (1584 – 1622.23.1, Hoʻrmuz) – ingliz Arktika tadqiqotchisi. 1612 – 1616 yillarda Shimoli-Gʻarbiy suvyoʻlagini topish maqsadida dengizda suzgan: 1615-yilda Gudzon qoʻltigʻini, 1616-yilda Grenlandiyadan gʻarbdagi dengizni (keyinchalik uning nomiga qoʻyilgan) tadqiq qilgan. Xeys yarim orolni (Grenlandiya), Kanada Arktika arxipelagidagi Elsmir, Devon olarining katta qismini kashf qilgan. Baffin nomiga Grenlandiya ortidagi dengiz, Kanada shimolidagi orol (Baffin Yeri) qoʻyilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |