Kontent qismiga oʻtish

Wong Kar-wai

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Wong Kar-wai
Wáng Jiāwèi (王家衛)

Wong Kar-wai 2013-yilgi Berlin kinofestivalida
Tavalludi 17-iyul 1958-yil (1958-07-17) (66 yosh)
Shanxay, Xitoy
Fuqaroligi Gonkong
Taʼlimi Hong Kong Politexnika Universiteti
Kasbi Rejissyor, Ssenariynavis, Prodyuser
Faoliyat yillari 1982-yildan beri
Turmush oʻrtogʻi Chan Ye-cheng
Bolalari Qing Wong
Veb-sayti http://www.wongkarwai.net/

Wong Kar-wai 1958-yil 17-iyulda Hong Kongda tugʻilgan kinorejissyor, ssenarist va prodyuserdir. Uning filmlari odatiy boʻlmagan tartibda hikoya qilinishi, oʻzgacha muhit bagʻishlovchi musiqalari va toʻq va toʻyingan ranglarga boy operatorlik ishi bilan ajralib turadi. Wong Hong Kong kinematografiyasidagi eng asosiy shaxs hisoblanadi. 2002-yil Sight & Sound tomonidan oʻtkazilgan "Soʻngi 25 yillikning eng buyuk rejissyori" soʻrovnomasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Uning filmlari tez-tez mahalliy va xorijiy eng yaxshi filmlar roʻyxatlarida eslab oʻtiladi.

Hayoti va Karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shanxayda tugʻilgan Wong bolaligida oilasi bilan oʻsha vaqt Buyuk Britaniyaga qarashli boʻlgan Hong Kongga koʻchib boradi. Debyut filmi boʻlmish "As tears go by"ni (1988) suratga tushirishni boshlaguncha maishiy seriallar uchun ssenariy yozish bilan shugʻullangan. As tears go by filmi Hong Kongda katta muvaffaqiyatga erishgan boʻlsada, Wong ushbu filmdagi jinoyatchilik olami tendensiyasidan uzoqlashib, oʻzining shaxsiy kino uslubini yaratishga kirishib ketdi. Ammo uning oʻz yoʻnalishidagi birinchi filmi "Days of being Wild" (1990) kassada yaxshi natija bermadi. Shunday boʻlishiga qaramay, film tanqidchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi va 1991-yilgi Hong Kong Film Awards kino tanlovida "Eng yaxshi film" va „Eng yaxshi rejissyor“ nominatsiyalarida gʻolib chiqdi. Uning navbatdagi filmi "Ashes of time" (1994) esa noaniq syujeti va wuxia (xitoycha jangari filmlar) janriga xos boʻlmagani tufayli omma tomonidan turlicha qabul qilindi.

Ashes of time“ning uzoq davom etgan tasvirga olish jarayonidan charchagan Wong kinematografiyaga boʻlgan muhabbatini qayta tiriltirish umidida "Chungking Express filmini boshlab yuboradi. Koʻproq koʻngilochar muhitni ifodalagan ushbu film Wong Kar-waini xalqaro miqyosda tanilishga olib keldi va 1995-yilgi Hong Kong Film Awards tanlovida yana bir bor Eng yaxshi film va Eng yaxshi rejissyor mukofotlariga sazovor boʻldi.

Wong Kar-wai ijodda davom etib, 1995-yilda tanqidchilar tomonidan juda iliq kutib olingan „Fallen Angels“ filmini taqdim qildi. Fallen Angels hali hamon Hong Kong kinematografiyasi oltin davri kult klassikasi va Wong uslubining oliy naʼmunasi sifatida tan olinadi. 1997-yilda Wong Kar-wai Happy Together filmi bilan dunyo miqyosida oʻz obroʻsini mustaxkamladi va Kann kinofestivalida Eng yaxshi rejissyor mukofoti sovrindori boʻldi.

Filmografiya va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wongning ijodi oʻnta rejissyorlik filmi, u ssenariy muallifi sifatida ishlagan 16 ta film va u prodyuserlik qilgan boshqa rejissyorlarning yetti filmidan iborat. Shuningdek, u reklama roliklari, qisqa metrajli filmlar va kliplarga rejissyorlik qilgan va ikkita antologiya filmiga hissa qoʻshgan. U Osiyo, Yevropa, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadagi turli hil tashkilotlardan mukofot va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan. 2013-yilda u oʻsha vaqtdagi Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius tomonidan "Faxriy Legion Ordeni" Komandir unvoni bilan taqdirlandi. 2014-yilda Hindiston xalqaro kinofestivalida unga Lifetime Achievement mukofoti berildi.

Rejissyorlik filmlari roʻyxati
Yil Nomi Xitoy tilida nomi
1988 As Tears Go By 旺角卡門 Wong gok ka moon
1990 Days of Being Wild 阿飛正傳 Ah fei zing zyun
1994 Chungking Express 重慶森林 Chung Hing sam lam
Ashes of Time 東邪西毒 Dung che sai duk
1995 Fallen Angels 墮落天使 Do lok tin si
1997 Happy Together 春光乍洩 Chun gwong cha sit
2000 In the Mood for Love 花樣年華 Fa yeung nin wa
2004 2046
2007 My Blueberry Nights
2013 The Grandmaster 一代宗師 Yi dai zong shi

Foydalanilgan manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi Havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]