XCOPY
XCOPY | |
---|---|
Kasbi | Raqamli rassom |
Faoliyat yillari | 2010 - hozirgi kungacha |
XCOPY — kripto sanʼat va NFT sohasida faol ijod qiluvchi raqamli rassom. Uning haqiqiy shaxsi nomaʼlum[1]. U odatda oʻlim, antiutopiya va befarqlikka oid raqamli glitch-art yoʻnalishidagi sanʼat asarlarini miltillovchi tasvirlar va tartibsiz ketma-ketliklar orqali yaratadi. Asarlarida koʻpincha kriptovalyuta hamjamiyatiga ishoralar tasvirlanadi. Uning eng koʻzga koʻringan asarlaridan baʼzilari CC0 litsenziyasida chiqarilgan va u asarlari eng koʻp sotiladigan NFT rassomlari qatoriga kiradi[2].
NFTlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]XCOPY oʻz asarlari bilan bogʻliq NFTlarni yaratgan birinchi raqamli rassomlardan biri sifatida tanilgan. Uning sanʼat asarlari birinchi marta 2018-yilda SuperRare va boshqa shu kabi platformalar orqali NFTlar bilan bogʻlangan[3].
Mashhur asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Right-Click and Save As Guy (Sichqonchaning oʻng tugmachasini bosing va saqlab oling)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sichqonchaning oʻng tugmachasini bosing va saqlab oling XCOPY-ning eng mashhur sanʼat asarlaridan biridir. Asar nomi NFT sanʼat asarlarining keng tarqalgan tanqidiga ishora qiladi, chunki har kim rasmni oʻng tugmasini bosish orqali Internetdan nusxasini saqlab olishi mumkin[4].
Soʻnggi marta asar bilan bog‘liq bo‘lgan NFT 2021-yil 9-dekabrda taxminan 7 000 000 dollarga sotilgan va bu uni eng ko‘p sotilgan NFTlardan biriga aylantirgan[2].
Grifters (Firibgarlar)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 15-dekabrda XCOPY Async Artʼning Blueprints platformasi orqali 666 sanʼat asaridan iborat, odatda onlayn hamjamiyatlarda avatar sifatida keng qoʻllaniladigan toʻplam — „Grifters“ni chiqardi[5].
Max Pain (Maksimal ogʻriq)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil mart oyida XCOPY Nifty Gateway NFT platformasida yangi ishi — Max Painni chiqardi. Bu asarida ham, rassom oʻzining uslubiga hos ravishda, miltillovchi animatsiya va bosh suyagi tasviri asosida asar yaratgan. NFT faqat 10 daqiqa davomida sotuvga qoʻyilgan va narxi 3 180 dollar boʻlgan, bu oʻsha kursda taxminan 1 Ethereum edi. U asarining 7 394 dona nusxasini sotdi va 10 daqiqada taxminan 23 million dollar daromad oldi[6].
Sanʼat koʻrgazmalari va namoyishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Luganodagi Villa Cianida „Lugano NFT Week“ koʻrgazmasi, 2021[7]
- „CryptOGs“: NFT sanʼatining kashshoflari" Bonhams, 2021[8]
- Milandagi Museo della Permanente da „DART2121“ koʻrgazmasi, 2021[9]
- Milandagi „Milano Art Week 2022“ koʻrgazmasi, 2022 [10]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „XCOPY Fortune NFTy 50 Fortune“ (en-EN). fortune.com.
- ↑ 2,0 2,1 „The 10 Most Expensive NFT Artworks of 2021, From Beeple’s $69 Million ‘Everydays’ to XCOPY’s $3.8 Million Portrait of ‘Some Asshole’“ (en-EN). artnet.com.
- ↑ „XCOPY on SuperRare“ (en-EN). superrare.com.
- ↑ Gault. „What the Hell Is 'Right-Clicker Mentality'?“. Vice (2021-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
- ↑ „Blueprints: The Generative Art Canvas Template from Async Art“ (en-EN). async.art.
- ↑ „Who is XCOPY: the NFT artist who made $23 million in 10 minutes“ (2022-yil 1-avgust). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Lugano NFT Week: Non-Fungible Tangible“ (it-IT). Assodigitale.it (2021-yil 12-noyabr).
- ↑ „Bonhams x SuperRare present: CryptOGs: The Pioneers of NFT Art“ (en-EN). FAD Magazine (2021-yil 18-iyun). Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
- ↑ „Al Museo della Permanente di Milano “2121”, la più grande mostra sulla Crypto Art“ (it-IT). Artribune.com (2021-yil 24-noyabr).
- ↑ „Art Innovation Gallery presenta NFT. Digital Art Exhibition“ (it-IT). ilgiornaleditalia.it.