X mi H?
Muallif(lar) | Ravshan Jomonov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | imlo lugʻati |
Nashriyot | „Nishon-noshir“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2010 |
Sahifalar soni | 112 |
ISBN | ISBN 978-9943-378-08-7 |
„X mi H?“, toʻliq nomi „X mi H: Qisqacha imlo lugʻati“ — oʻzbek tilidagi X va H harflari bilan boshlanadigan soʻzlar va ismlar kiritilgan kirill va lotin alifbolaridagi qisqacha imlo lugʻati. Lugʻatni Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining Oʻzbek va jahon filologiyasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent Ravshan Jomonov tuzgan. Lugʻat 2010-yil Toshkent shahrida „Nishon-noshir“ nashriyotida chop etilgan[1].
Ushbu lugʻat kirillcha va lotincha oʻzbek alifbolarida tuzilganligi uchun ayni bir soʻz har ikki yozuvda yonma-yon berilgan. Lugʻat kirillcha-lotincha oʻzbek yozuvi tamoyilida tuzilganligi sababli soʻzlar oʻzbek kirill alifbosi tartibida ifodalangan.
Lugʻatni nashrga tayyorlashda filologiya fanlari doktori Ergash Umarov masʼul muharrirlik qilgan. Lugʻat taqrizchilari – filologiya fani nomzodlari, dotsentlar Sharifa Mirzayeva hamda Rahimboy Jumaniyozov.