Kontent qismiga oʻtish

Xabibullo Nazarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xabibullo Nazarov
Tavalludi 1907-yil 15-avgust
Vafoti 1978-yil 25-yanvar
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Mukofotlari

Xabibullo Nazarov(1907-yil 15-avgust, Buxoro viloyati Buxoro amirligi — 1978-yil 25-yanvar, Dushanbe) — tojik sovet yozuvchisi, shoiri va ssenariynavisi. Davlat va jamoat arbobi[1]. Tojikiston SSR adliya vaziri (1952—1959-yillar), Tojikiston SSR Oliy sudi raisi (1959—1962-yillar).

Xabibullo Nazarov Hisor tumani, Toʻda qishlogʻida tavallud topgan. Xabibullo Nazarov Kambagʻal dehqon oilaning oʻgʻli boʻlgan. Bolaligida mehnatkash boʻlib, cho‘ponlik qilgan. Inqilobdan soʻng Xabibullo Nazarov qoʻmita raisi etib saylangan, qishloq kengashi kotibi va rais oʻrinbosari, komsomol tashkiloti kotibi, qishloq xoʻjaligi kollektivi raisi boʻlib ishlagan.

Savodxonlik kurslarida va tungi maktabda qatnashgan. 1938—1941-yillarda Butun ittifoq sirtqi yuridik institutida tahsil olgan, 1950-yilda Moskva yuridik institutini tamomlagan.1933-yildan adliya va sud organlarida ish boshlagan.1935-yildan — adliya organlarida xalq sudyasi, tuman prokurori, Tojikiston otliq diviziyasi harbiy tribunalining aʼzosi boʻlgan.1941—1945-yillarda Tojikiston SSR Oliy sudi aʼzosi boʻlgan. 1945—1952-yillarda — Tojikiston SSR adliya vazirining oʻrinbosari boʻlgan. 1952—1959-yillarda Tojikiston SSR adliya vaziri lavozimida ishlagan. 1959—1962-yillarda — Tojikiston SSR Oliy sudi raisi boʻlgan[2].

Tojikiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.1978-yil 25-yanvarda vafot etdi, Dushanbe markaziy qabristoniga dafn qilinadi. Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan (1958-yil).

„Tinchlik uchun“ (1956-yil), „Ozod qalam“ (rus tilida, 1960-yil), „Abadiy baxt“ (1962-yil va b.) sheʼriy toʻplamlar muallifi boʻlgan. 1958-yilda „Sharqiy surx“ jurnalida Xabibullo Nazarovning „Karim-devonni izlab“ qissasi bosilib, keyinchalik rus, nemis va o‘zbek tillariga tarjima qilinib nashr etilib, adibga shuhrat keltirgan.1965-yilda uning Yo‘ldosh Sohibnazarov haqidagi „Yo‘ldosh-komandir“, „Aʼlo va Targel“ hikoyalari nashr etilgan. X.Nazarovning „Mirzo Rizo“, „144-post“ romanlari uning yuksak ijodiy salohiyatidan dalolat beradi. 1971-yilda (Ikromiy bilan hammualliflikda) „Safarmahsumning sarguzashtlari“ hajviy romanini yozgan.

  1. „Хабибулло Назаров“ (Ru). Filmpro.ru. Qaraldi: 2-iyul 2023-yil.
  2. Zamok nad mogiloy