Kontent qismiga oʻtish

Xalajiyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalajiyon
Qishloq
Mamlakat O‘zbekiston Respublikasi
{{{tuman_turi}}} Shofirkon tumani

Xalajiyon — Buxoro viloyati, Shofirkon tumani tarkibiga kiruvchi qishloq. Hududi tuman markazidan 5 km janubda Shofirkon-Buxoro yo‘li ustida joylashgan. Qishloq 524 ta xonadon 885 ta oila, jami uch ming to‘rt yuz sakson besh nafar fuqaro istiqomat qiluvchi „Boboato“ mahalla fuqarolari yigʻini tarkibiga kiradi[1].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalaj (xalach) so‘zi qadimgi qabila nomidan olingan. Xalajlar X asrdan boshlab hozirgi Afgʻonistonning janubiy hududida yashay boshlagan. Etnograflarning maʼlumotlariga qaraganda, xalajlar Kobodiyon va Mug‘on cho‘li bo‘yida oʻrnashib qolganlar va fors tilida so‘zlashganlar. Xalajlarning asli kelib chiqishi turk bo‘lgan. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariyning „Devonu lug‘otit turk“ va boshqa asarlarida aytib o‘tilgan. Shofirkon tumaniga qoʻshni bo‘lgan Vobkent tumanida, Samarqand viloyatining Ishtixon va boshqa joylarida ham xalajlar yashaydi. Ammo xalajiyon qishlog‘ining kelib chiqishiga bularning aloqasi yo‘q.

Xalajiyon— xalaji so‘zidan, yaʼni paxtadan chigitni ayiruvchi asbob nomidan olingan.

1925—yilda qishloq vayron qilingan va aholisi boshqa yurtlarga haydalgan. 50—yillarda qishloq yana qayta tiklangan. Bu qishloqda qadimdan xalaji yashovchi usta, xalaji tortuvchi kasb egalari ko‘plab yashagan.

Qishloq hududida tumandagi eng katta gʻisht ishlab chiqarish zavodi va Buxoro mexanizatsiyalashgan qurilish majmuasining Chorbakr filiali joylashgan[2].

Hozirda bu qishloq Boboato, Naqqosh, Revgar, Shamshirgaron hududlari bilan birgalikda „Boboato“ mahalla fuqarolari yigʻini tarkibiga kiradi.

Qishloq ichidan „Abdullaxon“ zovuri oqib o‘tadi[3].

  1. Salim Muxtor, Karim Bobomurod. Shofirkon tarixi. Yozuvchi — 227-bet. 
  2. S. Qorayev. O‘zbekiston viloyatlari toponimlari. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005 — 242-bet. 
  3. „Buxoro viloyati IIB boshlig'i tomonidan Shofirkon tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi“. 2023-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.