Xalifa Xudoydod koʻchasi
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Kim sharafiga nomlangan | Xalifa Xudoydod |
Xalifa Xudoydod koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Xalifa Xudoydod nomi bilan bogʻliq. Xalifa Xudoydod XVII asrda yashagan mutasavvuf[1]. Tasavvufga oid bir necha asarlar yozgan. Ashtarxoniy Abdulazizxonning (1645—1680) piri sanalgan. Shu nomdagi guzarda uning tomonidan qurilgan xonaqoh va qirq hujrali madrasa mavjud. Koʻcha nomi 1798-yilda tuzilgan vaqf yorligʻida tilga olinadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ To'rayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.