Kontent qismiga oʻtish

Xalq kuylarini qayta ishlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalq kuylarini qayta ishlash — professional musiqa — bastakorlik va kompozitorlik ijodiyoti sohasi, muayyan janr. Koʻp ovozli musika zaminida aranjirovka, garmoniyalashga. qisman yaqin, lekin usluban birmuncha murakkab. Kompozitorlik maktablari shakllanishida Xalq kuylarini qayta ishlashq.i. muhim ahamiyatga ega boʻlib, dastlabki bosqich vazifasini bajaradi, zero milliy musiqa uslublarini oʻzlashtirishda ijodiy lab. vazifasini oʻtaydi (Komitas, U. Hojibekov, 3. Paliashvili, M. Glinka, E. Grig, N. Lisenko, B. Bartok, J. Gershvin, S. Prokofyev, L. Yanachek va boshqalar).

Oʻtmish oʻzbek musiqa ijrochiligi va ijodiyoti oʻzgaruvchanlik, ogʻzakilik kabi omillarga asoslangan boʻlib, unda xalq hamda mumtoz cholgʻu kuy yoki ashula yoʻllarining variantlarini yaratish keng urin olgan. Mazkur anʼanani bastakorlik ijodiyotining tarkibiy yoʻnalishiga aylantirib, T. Jalilov, Yu. Rajabiy va boshqa ijodkorlar Xalq kuylarini qayta ishlashq.i.ning monodiya zaminidagi yetuk namunalarini yaratishgan.

Kompozitorlar ijodidan Xalq kuylarini qayta ishlashq.i. katta oʻrin olib, Oʻzbekistonda musiqali drama, opera, balet, simfonik musika, kantata, oratoriya, kamer musiqa janrlari oʻzlashtirilishida muhim omil boʻldi. Bu sohadagi dastlabki tajriba (19-asr oxiri — 20-asr boshlarida N. Klenovskiy, F. Leysek, N. Mironov, K. Abdullayev, 3. Maqsudov va boshqa yaratgan asar)larda kompozitorlar oʻzbek musiqa merosi xususiyatlarini singdirisholmadi. 1920—30 yillarda V. Uspenskiy boshqa kompozitorlar kabi xalq qoʻshiqlari ("Zarkokil", "Chamanda gul" va boshqalar), "Farxrd va Shirin" musiqali dramasida murakkab ashula hamda maqom yoʻllari ("Naylaram", "Chorgoh" va boshqalar)ni tintlovchilarga moʻljallab qayta ishlashda kup ovozli musiqa vositalari (ayniqsa, garmoniya imkoniyatlari)dan cheklangan holda foydalangan. Faqat 30-yillarning 2-yarmida A. Kozlovskiy 4 ta fargonacha ("Tanavor", "Oʻzgancha", "Figon" va "Gul yuz uzra") ashulani ovoz va simfonik orkestr uchun qayta ishlab, kup ovozli musiqa vositalarini keng tatbiq etdi (ayniqsa, "Tanavor"da), badiiy yetuk natijalarga erishdi. G. Mushel 1941-yil "55 oʻzbek xalq qoʻshigʻi" toʻplamini yaratdi. Xalq kuylarini qayta ishlashq.i. da yangi bosqich 50-yillarda M. Burhonovnit joʻrsiz xorga moʻljallangan oʻzbekcha "Endi sandek", "Ganji Qorabogʻ", tojikcha "Sari koʻhi baland", uygʻurcha "Sayra", qoraqalpoqcha "Bibigul" kabi qayta ishlangan qoʻshiqlari bilan boshlandi. Ularda monodiya va koʻp ovozli musika anʼanalari uzviy bogʻlangan. Keyingi yillarda xalq kuylariga asoslangan jursiz xorlar Ik. Akbarov, S. Boboyev, B. Umidjonovlar ijodida rivojlandi. B. Nadejdin, T. Sodiqov, B. Giyenko, M. Leviyev, D. Zokirov, S. Jalil va boshqa kompozitorlar xalq kuylarini turli ijrochi (yakka soz, yakxa soz va fortepiano, ansambl va orkestr)lar uchun qayta ishlashgan[1].

  1. OʻzME
  • Gafurbekov T., Folklornie istoki uzbekskogo professionalnogo muzikalnogo tvorchestva, T., 1984.