Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro ayollar ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xalqaro ayollar ittifoqi (IAW)dan yoʻnaltirildi)
Xalqaro ayollar ittifoqi (IAW)
Qisqartma IAW
Turi Xalqaro nodavlat tashkilot
Maqsadi siyosiy targ'ibot
Ishga tushgan sanasi 1904-yil,4-iyun
Hududiy xizmati Jeneva
Asoschi(lar)i Carrie Chapman Catt
Prezidenti Alison Brown
Aʼzolari 50 ta tashkilot
Vebsayti womenalliance.org
Til(lar)i ingliz va fransuz

Xalqaro ayollar ittifoqi (IAW ; fransuzcha: Alliance Internationale des Femmes,AIF) ayollar huquqlari va gender tengligini targʻib qilish bilan shugʻullanuvchi xalqaro nodavlat tashkilotdir.

U oʻz sohasidagi eng qadimgi, eng yirik va eng nufuzli tashkilotlardan biridir. Tashkilot 1904-yilda Germaniyaning Berlin shahrida Carrie Chapman Catt, Millisent Fosett, Syuzan B. Entoni va dunyoning boshqa yetakchi feministlari tomonidan Xalqaro Ayollar Saylov Alyansi (IWSA) sifatida tashkil etilgan.[1] IWSA shtab-kvartirasi Londonda joylashgan boʻlib, u ayollarning saylov huquqi boʻyicha nufuzli xalqaro tashkilot edi. Bugungi kunda u butun dunyo boʻylab bir necha yuz ming aʼzolarni oʻz ichiga olgan 50 dan ortiq tashkilotni oʻzida birlashtiradi va Jenevada joylashgan.

1926-yildan boshlab tashkilot Millatlar Ligasi bilan mustahkam aloqaga oʻrnatadi1947-yildan beri IAW Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashida umumiy maslahatchi maqomiga ega boʻlib, bu maqom berilgan toʻrtinchi nufuzli tashkilotdir . IAW Yevropa Kengashida ham ishtirokchi maqomiga ega. BMTning Nyu-Yorkdagi shtab -kvartirasida, BMTning Jenevadagi vakolatxonasida, BMTning Venadagi vakolatxonasida, Parijdagi YUNESKOda, Rimdagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotida va Strasburgda Yevropa Kengashida vakillari bor. Shuningdek, Qohiradagi Arab Ligasi va Ar- Riyoddagi Fors koʻrfazi mamlakatlari kengashi vakillari va Bryusseldagi Yevropa ayollar lobbisi aʼzosi. Uning Prezidenti va Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Bosh Vakili Alison Brown. IAWning rasmiy ish tillari ingliz va fransuz tillaridir. IAW oʻzining rangi sifatida oltin rangni qabul qildi, bu rang 19-asrdan beri Qoʻshma Shtatlardagi liberal ayollar huquqlari harakati bilan bogʻliq.

IAWning birinchi prezidenti Carrie Chapman Catt
vitse-prezidenti Dame Millicent Fawcett

Xalqaro Ayollar Ittifoqi, ilgari Xalqaro Ayollar Saylov Alyansi, tarixan burjua-liberal ayollar harakati ichidagi eng muhim xalqaro tashkilotdir. Tashkilotni tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror 1902-yilda Vashingtonda Xalqaro Ayollar Kengashining ayollarning saylov huquqini qoʻllab-quvvatlashni istamasligidan norozi boʻlgan sufragistlar tomonidan qabul qilingan.[2] Ittifoq 1904-yilda Berlinda boʻlib oʻtgan 2-konferensiyada Xalqaro Ayollar Saylov Alyansi (IWSA) sifatida rasmiy ravishda tuzilgan va oʻz tarixining koʻp qismi uchun shtab-kvartirasi Londonda joylashgan.[2] Uning asoschilari orasida Carrie Chapman Catt, Millicent Fawcett, Helene Lange, Susan B. Anthony, Anita Augspurg, Rachel Foster Avery va Käthe Schirmachebor edi

Keyingi kongresslar orasida Kopengagen (1906), Amsterdam (1908), London (1909), Stokgolm (1911-yil iyun) va Budapeshtda (1913) oʻtkazilgan kongresslar bor edi.[2]

1920-yillarning oxirida tashkilot oʻz nomini „International Alliance of Women for Suffrage and Equal Citizenship“(Ayollarning Saylov huquqi va teng fuqarolik uchun xalqaro alyansi)ga oʻzgartirdi, 1946-yilda esa hozirgi nomi „Xalqaro ayollar ittifoqi“ga oʻzgartirildi.[3][4] Birinchi Ijroiya kengashi tarkibiga Carrie Chapman Catt(Prezident), Anita Augspurg (1-vitse-prezident), Donovan Bolden (2-vitse-prezident) va Rachel Foster Avery(kotib) kirdi.

Tashkilotning birinchi prezidenti Carrie Chapman Catt ham prezidentlik davrida AQShda „League of Women Voters“(Saylovchi Ayollar Ligasiga) asos solgan.

Sovuq urush davomida IAW Gʻarb tarafdori boʻlgan.[5] Tashkilotning ayollar huquqlari va ayollarning saylov huquqini ifodalash uchun ishlatiladigan anʼanaviy rangi sariqdir.[6]

Konferensiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1, Vashington, DC, 1902-yil
  • 2, Berlin, 1904-yil
  • 3, Kopengagen, 1906-yil
  • 4, Amsterdam, 1908-yil
  • 5, London, 1909-yil
  • 6, Stokgolm, 1911-yil
  • 7, Budapesht, 1913-yil
  • 8, Jeneva, 1920-yil
  • 9, Rim, 1923-yil[7]
  • 10, Parij, 1926-yil
  • 11, Berlin, 1929-yil
  • 12, Istanbul, 1935-yil
  • 13, Kopengagen, 1939-yil
  • 14, Interlaken, 1946-yil
  • 15, Amsterdam, 1949-yil
  • 16, Neapol, 1952-yil
  • 17, Kolombo, Seylon, 1955 yil
  • 18, Afina, 1958 yil
  • 19, Dublin, 1961-yil
  • 21, Angliya, 1967-yil
  • 22, Konigshteyn, Gʻarbiy Germaniya, 1970-yil
  • 23, Yangi Dehli, 1973-yil
Xalqaro Ayollar Saylov Alyansi (IWSA) ramzi va shiori tushirilgan plastinka. Matn: „Jus Suffragii“ (saylov huquqi). Xonim Justitita oʻng qoʻlida muvozanatni ushlab turibdi.

Xalqaro Kongress har uch yilda bir aʼzo tashkilotning vatanida oʻtkaziladi va Ijroiya kengashini saylaydi. Hozirgi prezident va Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Bosh Vakil Cheryl Hayles. Ijroiya kengashiga, shuningdek, Bosh kotib, gʻaznachi va 20 tagacha boshqa aʼzolar, jumladan, ikki ijrochi vitse-prezident, shuningdek, Yevropa, arab mamlakatlari, Fors koʻrfazidagi arab davlatlari va Janubiy Osiyo boʻyicha vitse-prezidentlar kiradi.

  1. Carrie Chapman Catt (AQSh) 1904-1923
  2. Dame Margery Corbett Ashby (Buyuk Britaniya) 1923-1946
  3. Xanna Rid (Shvetsiya) 1946-1952
  4. Ester Graff (Daniya) 1952-1958
  5. Ezlin Deraniyagala (Shri-Lanka) 1958-1964
  6. Begum Anvar Ahmad (Pokiston) 1964-1970
  7. Edit Anrep (Shvetsiya) 1970-1973
  8. Irène de Lipkowski (Fransiya) 1973-1979
  9. Olive Bloomer (Buyuk Britaniya) 1979-1989
  10. Elis Yotopulos-Marangopulos (Gretsiya) 1989-1996
  11. Patrisiya Giles (Avstraliya) 1996-2004
  12. Rozi Vayss (Avstriya) 2004-2010
  13. Lida Verstegen (Gollandiya) 2010-2013
  14. Joanna Manganara (Gretsiya) 2013-2020
  15. Cheryl Hayles (Kanada) 2020-2021
  16. Marion Böker (Germaniya) 2021-2022
  17. Alison Brown (AQSh) 2022-

IAW butun dunyo boʻylab 50 dan ortiq tashkilotlarni hamda alohida aʼzolarni oʻz ichiga oladi.[8][9]

IAW Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konventsiyani (CEDAW) va uning Fakultativ Protokolini shartsiz ratifikatsiya qilish va amalga oshirishga alohida eʼtibor beradi. Hozirgi IAW komissiyalari quyidagi mavzular bilan shugʻullanadi: Adolat va inson huquqlari; Demokratiya; Tinchlik; Zoʻravonlikni bartaraf etish va salomatlik.

  1. „International Woman Suffrage News (Centenary edition)“. Women Alliance. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 Liddington 1989.
  3. Women. „International Alliance of Women Records, 1906-2009 (bulk 1913-1973) Finding Aid“. asteria.fivecolleges.edu. 2010-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  4. Boles & Hoeveler 2004.
  5. Francisca de Haan, Rosa Manus (1881-1942), p. 17, BRILL, 2016, ISBN 9789004333185
  6. Lumsden 1997.
  7. Spriggs, W.M.. Branch Note - Edinburgh. The Vote (1923-yil 14-sentyabr), s. 295.
  8. „The International Alliance of Women (IAW)“ (en) (2017-yil 3-noyabr). 2018-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
  9. EWL member organizations