Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro ona tili kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro ona tili kuni ( BMTning boshqa rasmiy tillarida,ingl. International Mother Language Day arab tili. ạlywm ạlʿạlmy llgẗ ạlẗm,  Ch. làngyǎyǎrì, fr. la Journee internationale de la langue maernelle) — 1999-yil noyabr oyida YUNESKO Bosh anjumani 30-sessiyasi qarori bilan tashkil yetilgan va til va madaniy turfa xillikni muhofaza qilish maqsadida 2000-yildan boshlab har yili 21-fevralda nishonlanib kelinadi.

YUNESKO yoʼqolib ketish xavfi arafasida turgan tillar holatini kuzatish va vaziyatni toʼgʼrilashga yordam beradigan profilaktik monitoring tizimini yaratishga bel bogʼlaydi.

YUNESKO qayd etishicha, dunyodagi 6 mingta tilning yarmi yoʼqolib ketish xavfi ostida turibdi . 2009-yilda YUNESKO Rossiyada 136 ta tilni yoʼq boʼlib ketish xavfi ostida deb tan oladi.

Bu sana Bangladeshda 1952-yildagi qonli voqealarni xotirlash kuni sifatida nishonlanadigan bengal tili harakati kuniga toʼgʼri keladi - Pokiston politsiyasi Sharqiy Pokistonda (Bangladesh 1971-yili) rasman tan olish sifatida bengal tili tarafdorlarni taʼqib qilgan kun sanaladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Xalqaro ona tili kunini e'lon qilish qarorini qo'llab-quvvatladi (Rezolyutsiya № Α/RES/56/262 [1] ) va BMTga a'zo davlatlar va BMT Kotibiyatini dunyo xalqlarining barcha tillarini muhofaza etish va saqlashga hissa qoʼshishga undadi.

  • 2021-yil — “Inklyuziv taʼlim va ijtimoiy hamjihatlikni qoʼllab-quvvatlashda koʼp tillilikni ragʼbatlantirish”
  • 2020-yil — "Chegarasi yoʼq tillar"
  • 2019-yil — "Dunyoda tinchlik va murosa oʼrnatish va mahalliy xalq tillarini barqaror rivojlantirish zarur
  • 2018-yil — “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish doirasida lingvinistik xilma-xilligini saqlash va koʼp tillilikni ragʼbatlantirish”
  • 2017-yil — “Koʼp tilli taʼlimga asoslangan barqaror kelajak”
  • 2016-yil — “Taʼlim sifati, oʼqitish tili va taʼlim natijalari”
  • 2015-yil — “Til yaratish yoʼli va inklyuziv taʼlim. Tillar — bu muhim qurol!
  • 2014-yil — Global fuqarolikda mahalliy tillar ahamiyati: ilm-fan diqqat markazida
  • 2013-yil — “Ona tilini oʼrnanish uchun kitob”
  • 2012-yil — “ koʼp tillilikda inklyuziv taʼlim ahamiyati”
  • 2011-yil — "Lingvinistik turfa xillikni va til rivojlanishni ragʼbatlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini saqlash"

BMTda til kunlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro ona tili kuni bilan bir qatorda BMT tashkilotining rasmiy tillari kuni ham nishonlanadi. Ular 2010-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan koʼp tillilik va madaniy turfa xillikni qoʼllab-quvvatlash maqsadida eʼlon qilinadi . Bular BMTda ingliz tili kuni, BMTda arab tili kuni, BMTda ispan tili kuni, BMTda rus tili kuni, BMTda xitoy tili kuni, BMTda fransuz tili kuni hisoblanadi.

Shu kunlarda oʼtkazilayotgan tadbirlar rasmiy tillarning teng huquqliligini taʼminlash, BMT xodimlarining BMT tillarining tarixi va rivojlanishidan xabardorligini oshirishga qaratilgan.

Til kunlari BMTning qolgan sanalari bilan birga nishonlanadi[2]. Mazkur sanalarning har biri BMT tizimidagi saytlarga bagʼishlanadi.

  1. „A/RES/56/262 — R — A/RES/56/262“. 2019-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-fevral.
  2. „Список международных дней на сайте ООН“. 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-aprel.