Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni
Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni
Rasmiy nomi International Day for the Preservation of the Ozone Layer
Turi Ekologik
Sana 16-sentabr
Bogʻliqligi Insoniyat e’tiborini ozon qatlami muammolariga qaratish.

Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ing: International Day for the Preservation of the Ozone Layer, arab: اليوم العالمي للحفاظ على طبقة الأوزون, ‎isp:. Día International de la Preservación de la Capa de Ozono, xit:. 保护臭氧层国际日, fr. la Journée internationale de la protection de la couche d'ozone ) – 16-sentabrda nishonlanadi. Har yili o‘tkaziladigan Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1994-yilda maxsus rezolyutsiyada (№ A/RES/49/114) e’lon qilingan.

Xalqaro kunni o‘tkazish sanasi ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli imzolangan kunni nishonlash uchun tanlangan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar ushbu Xalqaro kunni Monreal protokolining maqsad va vazifalariga muvofiq muayyan yo‘nalishda olib borish taklifli bilan chiqishgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kofi Annan o‘zining 2006-yilgi murojaatida ozon qatlamini saqlab qolish borasidagi sa’y-harakatlarda ulkan yutuqlarga erishganini qayd etib, ozon qatlami tiklanishini bashorat qiluvchi optimistik prognozlar haqida gapirib o‘tgan.

  • 2002-yil – ,,Osmonimizni asrang: o‘zingizni himoya qiling, ozon qatlamini himoya qiling;
  • 2003-yil – ,,Osmonimizni asrang: bolalarimiz uchun ko‘p ishlar qilish lozim”;
  • 2004-yil – ,,Osmonimizni asrang: bizning maqsadimiz – ozon uchun qulay sayyora”;
  • 2005-yil – ,,Ozon haqidagi fikrlar bilan – xavfsiz quyosh uchun!”;
  • 2006-yil – ,,Ozon qatlamini asrang: Yerdagi hayotni saqlang;
  • 2007-yil – ,,2007-yildagi muvaffaqiyatning yigirma yilligini nishonlash”;
  • 2008-yil – ,,Monreal protokoli – Global manfaatlar yo‘lida global hamkorlik”;
  • 2009-yil – Barchaning ishtirokini ta’minlash: ozon qatlamini himoya qilish maqsadi dunyoni birlashtiradi”;
  • 2010-yil – ,,Ozon qatlamini himoya qilish: yaxshi boshqaruv va majburiyat namunasi”;
  • 2011-yil – ,,Gidrokloroftorokarbonlarni bosqichma-bosqich tugatish: noyob imkoniyat”;
  • 2012-yil – ,,Atmosferamizni kelajak avlodlar uchun himoya qilish”;
  • 2013-yil – ,,Sog‘lom muhit – biz xohlagan kelajak”;
  • 2014-yil – ,,Ozon qatlamini himoya qilish: missiya hali ham davom etmoqda”;
  • 2015-yil – ,,Ozon: siz va ultrabinafsha nurlar o‘rtasidagi hamma narsa”;
  • 2016-yil – ,,Ozon va iqlim bir dunyo tomonidan tiklangan”;
  • 2017-yil – ,,Quyosh ostidagi hayotning barcha shakllariga g‘amxo‘rlik qilish”;
  • 2018-yil – ,,Tinchlaning va davom eting: Monreal protokoli”;
  • 2019-yil – ,,32 yil tiklanish”;
  • 2020-yil – ,,Hayot uchun ozon: ozon qatlamini 35 yil himoya qilish”.