Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro pauerlifting federasiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xalqaro pauerlifting federatsiyasi
Ishga tushgan sanasi 1972-yil
Joylashuvi Strassen, Lyuksemburg, Lyuksemburg
Vebsayti powerlifting-ipf.com

Xalqaro pauerlifting federatsiyasi (inglizcha: International Powerlifting Federation) pauerlifting bo‘yicha butun dunyo bo‘ylab boshqaruvchi organ hisoblanadi. Ushbu federasiyasi 1972-yilda tashkil etilgan. Xalqaro sport federasiyalari bosh assosiasiyasi (GAISF) tomonidan rasman tan olingan. 1980-yilda IPF Xalqaro butunjahon o‘yinlari assosiasiyasi tashkilotchilaridan biri edi, 1981-yilda butunjahon o‘yinlarini boshlagan. 2022-yil holatiga ko‘ra, IPF prezidenti Gaston Paraj (Lyuksemburg) hisoblanadi. IPF dunyodagi eng yirik pauerlifting federasiyasi bo‘lib, ushbu tashkilotning boshqalardan xarakterli farqlari majburiy doping nazoratining mavjudligi, mashqlar sifatiga yuqori talablar va sportchilarni ekipirovkasi bo‘yicha qatʼiy qoidalar mavjud.

1960-yillarning o‘rtalarida Amerika Qoʻshma Shtatlarining tashabbuskor ogʻir atletikachilari uchkurash musobaqalari uchun asosiy qoida va reglamentlarni shakllantirdilar. 1971-yilda birinchi (norasmiy) jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. 1972-yilda Xalqaro pauerlifting federasiyasi tashkil etildi va 1973 yil noyabr oyida Xarrisburgda birinchi rasmiy jahon chempionati bo‘lib o‘tdi, unda 43 nafar erkaklar ishtirok etdi. Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatlari federasiya tomonidan 1980-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda[1][2].

SSSRda pauerlifting bo‘yicha erkaklar jamoasi musobaqalarda debyut qilib, Xalqaro pauerlifting federasiyasi tomonidan 1990-yilda Gaagadagi erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan. SSSR parchalanganidan so‘ng, Rossiya pauerlifting federasiyasi IPFga doimiy aʼzo sifatida qabul qilishni so‘radi. 1992-yil yanvar oyida Rossiya pauerlifting federasiyasi vaqtinchalik aʼzolik maqomini oldi va 1992-yil 18-noyabrda Birmingemdagi IPF yig‘ilishida Xalqaro pauerlifting federasiyasining doimiy aʼzosi maqomini oldi.

2021-yilda Litva, Norvegiya, Ruminiya va Shvesiyada federasiya egidligi ostida pauerliftingning turli sport yo‘nalishlari va yosh toifalarida 7 ta jahon chempionati o‘tkazildi[3].

Xalqaro musobaqalar IPF egidligi ostida o‘tkaziladi:

  • Pauerlifting boʻyicha jahon chempionati
  • Bench press boʻyicha jahon chempionati
  • Pauerlifting boʻyicha ochiq jahon chempionati
  • Pauerlifting boʻyicha klassik jahon chempionati

IPF 105 ta milliy federasiyalar faoliyatini boshqaradi.

Shuningdek, IPF boshchiligida kontinental tashkilotlar mavjud:

  • Afrika pauerlifting federasiyasi
  • Yevropa pauerlifting federasiyasi
  • Okeaniya pauerlifting federasiyasi
  • Osiyo pauerlifting federasiyasi
  • Britaniya hamdo‘stligi pauerlifting federasiyasi
  • Shimoliy Yevropa pauerlifting federasiyasi
  • Janubiy Amerika pauerlifting federasiyasi
  1. „Что мы знаем об IPF — самой крупной федерации пауэрлифтинга в мире?“ (ru). rudn.ru. РУДН (2021-yil 24-sentyabr). 2022-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  2. „В Красноярске пройдет лично-командный чемпионат Сибирского федерального округа по пауэрлифтингу“ (ru). admkrsk.ru. Администрация г. Красноярска (2014-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  3. Artemchuk V. V., Zaxarova A. V. Istoriya sovetskogo i rossiyskogo pauerliftinga // Zdorove, fizicheskaya kultura i sport v visshey shkole : opit, problemi i perspektivi : materiali Vserossiyskoy zaochnoy nauchno-prakticheskoy konferensii s mejdunarodnim uchastiem „Zdorove, fizicheskaya kultura i sport v visshey shkole: opit, problemi i perspektivi“, posvyaщyonnoy 85‑letiyu Instituta fizicheskoy kulturi, sporta i molodejnoy politiki (Yekaterinburg, 1—5 dekabrya 2017 goda). — Yekaterinburg : Izdatelstvo Uralskogo universiteta, 2018. — S. 58—64.