Kontent qismiga oʻtish

Xalqobod

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xalqobod – Namangan viloyati Pop tumanidagi shaharcha (1966-yildan). 1948-yilda issiqlik elektr markazi va „Oʻzbektomyopqich“ ktining qurilishi (1965) munosabati bilan vujudga kelgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Pop (3 km). Aholisi 8 ming kishi (2003). X.da oʻramli tom yopqich ashyolar kombinati (ruberoid, pergamin, karton, izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish), notoʻqima materiallar ishlab chiqarish birlashmasi mavjud. Umumiy taʼlim maktablari, 2 kutubxona, sogʻlomlashtirish punktlari, poliklinika bor.