Kontent qismiga oʻtish

Xamamatsu

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xamamatsu – Yaponiyadagi shahar, Xonsyu oroli markaziy qismining janubida joylashgan. Aholisi 582,1 ming kishi (2000). Baliq ovlash porti. Mototsikllar ishlab chiqarish va mashinasozlik tarmoqlarining yirik markazi. Kimyo, toʻkimachilik, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chiqariladi. Budda ibodatxonasi bor. Turizm rivojlangan.