Kontent qismiga oʻtish

Xameleon (yulduz turkumi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xameleon (yun. chamaileon) – osmonning Janubiy qutbi yaqinidagi yulduz turkumi. Pashsha, Kil, Uchar Baliq, Stol Tepa (Supa Togʻ), Oktant va Jannat Qushi yulduz turkumlari orasida joylashgan. Eng ravshan yulduzi 4 yulduz kattaligida. Oʻzbekiston hududida koʻrinmaydi.