Kontent qismiga oʻtish

Xamis masjidi

Koordinatalari: 26°12′30″N 50°32′54″E / 26.2082°N 50.5483°E / 26.2082; 50.5483
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xamis masjidi
Xamis masjidi 2019-yil
Mamlakat  Bahrayn
Shahar Xamis
Koordinatalar 26°12′30″N 50°32′54″E / 26.2082°N 50.5483°E / 26.2082; 50.5483
Binokorlik 11-asr15-asr
Qurilish materiallari yog'och va tosh

Xamis masjidi (arabcha: مَسْجِدُ ٱلْخَمِيسِ; Transliteratsiya qilingan: Masǧid al-Haamīs) Bahrayndagi Umaviylar xalifasi Umar II davrida qurilgan birinchi masjid deb hisoblaniladi. Al Vasat jurnalisti Qosim Husaynning yozishicha, boshqa manbalarda u keyingi davrda, bir minorali inshootlar qurgan Uyuniylar hukmronligi davrida qurilganligi taʼkidlab oʻtiladi. Ikkinchi taxminda esa oradan ikki asr oʻtib, Usfuriylar hukmronligi davrida qurilgan deyiladi[1].

Xamis masjidi 1956-yil.

Ushbu qadimiy islom yodgorligining bir xil egizak minoralari Xamis shahridagi Shayx Salmon yoʻli boʻylab harakatlanayotganda uni osongina topib olish imkoniyatini beradi.

Bu mintaqadagi eng qadimiy masjidlardan biri hisoblanadi, chunki uning poydevori milodiy 692-yilda qoʻyilgan deb hisoblaniladi. Manzilgohdan topilgan yozuv esa inshootning 11-asrga mansubligini koʻrsatadi. Oʻshandan buyon bu yerda minoralar qurilgan, keyinchalik 14 va 15-asrlarda yana ikki marta qayta qurilgan. Xamis masjidi yaqinda qisman restavratsiya qilindi[2].

Xamis masjidi minorasi.

Hozirgi bino ikki asosiy qismdan iborat:

  • 14-asrga oid yogʻoch ustunlar bilan qurilgan tekis tomli qadimiy ibodatxona.
  • Yassi tomning keyingi qismi qoʻshilgan boʻlib, u qalin gʻishtli ustunlarga (1339-yilga tegishli[3]) tayangan arklar ustida mustahkam oʻrnatilgan.

Milodiy 7-asrda Muhammad oʻsha paytda Qatar va Bahrayn gubernatori boʻlgan Munzir ibn Sava al-Tamimiyga islom dinini targʻib qilish uchun elchi al-Alaʼa al-Hadramiyni yuborgan vaqtida Islom dini Bahrayn hududida targʻib qilina boshlangan.

Mehrob plitasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehrob plitasi ohaktoshdan yasalgan. Plita masjiddagi restavratsiya ishlari davomida topilgan va u milodiy 12-asrda qurilgan deb taxmin qilinadi. Plitalar ustida Qur’ondan olingan ikkita oyat yozuvlari mavjud, Qur’onning 21-surasi, 34-35-oyatlaridan qabr toshlar yuzasini bezaklashda foydalanilgan[4].

  1. „روافد من بلادي" لقاسم حسين“ (ar). Al-Wasat (Bahraini newspaper) (2010-yil 6-may). Qaraldi: 2013-yil 21-yanvar.
  2. [1] The Middle East, p.6
  3. [2] Dictionary of Islamic Architecture, page 31
  4. [3] Traces of Paradise: Archaeology of Bahrain from 2500 BC to 300 AD ,page 204