Kontent qismiga oʻtish

Xan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xan (Hahn), Gann Otto (1879.8.3, Frankfurt Mayn 1968.28.7, Gyottingen) – nemis fizigi va radiokimyogari. Marburg va Myunxen universitetlarida oʻqigan. Berlinda professor (1910-1934), Berlindagi kimyo institutida direktor (1938-yildan), M. Plank jamiyati prezidenti (1946-1960), faxriy prezidenti (1960-yildan). Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlikni tadqiq etishga bagʻishlangan. Bir necha izotoplar va yangi radioaktiv element – protaktiniyni kashf qilgan (L. Maytner bilan hamkorlikda). Jahonda birinchi boʻlib tabiiy radioaktiv elementlarda yadro izomeriyasi hodisasini (1921), uran yadrolarining neytronlar taʼsirida boʻlinishini topgan (1938, Shtrasman bilan hamkorlikda) (qarang Yadro reashiyasi). Nobel mukofoti laureati (1945) boʻlgan.