Kontent qismiga oʻtish

Xarappa shaharlarining inqirozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xarappa shaharlarining inqirozi. Yangi arxeologik materiallar asosida biz Xarappa madaniyatining so'nggi davri qanday kech ganligini ko'rishimiz mumkin. Bu davrda ichki inqiroz natijasida bir qancha markazlar so'na boshladi. Bu jarayon hamma yerda baravar kechmagan va uzoq davrni o'z ichiga olgan. Avvaliga olimlar inqiroz sabablarini bosqinchi qabilalarining hujumi natijasi deb qaraganlar. Ammo yangi ma'lumotlar bu mulohaza noto'g'ri ekanini isbotladi. Solnoma ma'lumotlarga ko'ra inqiroz miloddan avvalgi XIX-XVIII asrlarda boshlangan. Hind arxeologlarning Lotxalda olib borgan qazish ishlari natijalari juda muhim bo'ldi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatayaptiki, bu yerda inqiroz miloddan avvalgi XX-XIX asrlarda boshlangan. Hind arxeologi S.Yu Raoning fikricha, aynan shu davrda Lotxalda ikkita katta suv toshqini bo'lgan. Bu toshqin juda katta talofatlarga olib kelgan. Tadqiqotchilar yana shuni aniqladilarki. Moxenjo-Daro yer silkinishlari natijasida halokatga yuz tutgan. Ba'zi olimlar bu shahar ham suv toshqini oqibatida xarob bo'lgan deydilar. R.L.Reyks olib borgan gidrologik ekspedisiya halokat Hind daryosi suv sathi ko'tarilishi, zilzila natijasida ro'y berganligini aniqladi. Lekin bu fikrga ba'zi olimlar qo'shilmaydilar. Ammo Reyks o'z fikridan voz kechgani yo'q. Xarappa madaniyatining ichki inqirozi sabablari hali izlanishga muhtoj. Hozir esa Xarappa inqiroziga hinduoriy qabilalari bosqini sabab bo'lgan degan fikrni qayta ko'rib chiqish lozim. Xarappa madaniyati nima sababdan inqirozga yuz tutganidan qat'iy nazar, ularning boy madaniyati yer yuzidan yo'q bo'lib ketgan. Ularning ko'plab mifologik vakosmografik tasavvurlari hinduizm, buddizm, jaynizm tarkibiga kirib keldi.

Manba.[1]

  1. t.f.d., prof. Giyosov Temur G'iyosovich, s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich, t.f.n. Abdullayev Ulug'bek Artikbayevich, Qodirov Zikrilloxon Musaxonovich.