Xari
Xari (qurilishda) – imorat toʻsinlari ostidan koʻndalangiga qoʻyiladigan asosiy yogʻoch. Toʻsinlarga nisbatan uzunroq va yoʻgʻonroq, asosan, dumaloq kesimli boʻladi. Baland va pishiq navli daraxtlar (terak, qaragʻay, qayragʻoch, igna bargli daraxtlar va boshqalar)dan tayyorlanadi. Xaribop yogʻoch olish uchun daraxt tanasi zarur uzunliqda kesib olinganidan soʻng poʻstlogʻi shilinib, salqin joyda astasekin quritiladi. Xarilik yogʻoch iloji boricha darz ketmagan, yorilmagan boʻlishi lozim. Xari diametri (yoʻgʻonligi) 15-30 sm, uzuzunligi 5-7 m boʻladi. Diametri boʻyiga monand qilib (qancha uzun boʻlsa, shuncha yoʻgʻon yogʻoch) tanlanadi. Shunda u toʻsinlar ogʻirligidan egilib ketmaydi. Daraxt tanasining butoklari, shox-shabbalari kesib tashlanib, poʻstlogʻi shilingani xoda (uzuni xarilikka yaraydi), kaltakalta qilib kesilgan boʻlaklari gʻoʻla deb ataladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qosimov E., Qurilish ashyolari, T., 2004.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |