Xaskash
Qiyofa
Xaskash – xashak, xaschoʻp va boshqalarni yigʻish, toʻplash yoki urugʻi sochib ekiladigan oʻsimliklar (arpa, bugʻdoy, ukrop, kashnich va boshqalar)ni ekishga moʻljallab haydalgan yoki chopilgan yer tuprogʻini maydalab tekislash uchun ishlatiladigan qishloq xoʻjaligi va uyroʻzgʻor quroli. Uyroʻzgʻorda ishlatiladigan X.ning uzun dastasi yogʻochdan, koʻp tishli tanasi toblangan pishiq metalldan yasaladi. Xaskashda ishlatiladigan X.ning traktorga tirkab yoki osib ishlatiladigan xillari boʻladi. Bunday xaskash oʻrilgan oʻsimlik (beda, oʻt va boshqalar) poyalarini uyum qilib toʻplash, quritish uchun agʻdarib turish, bogʻbogʻ qilib bogʻlashga tayyorlashda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |